Özbekistonda OTM bitiruvçilarini iş bilan ta'minlaş muammosi dolzarb. Mehnat bozorida malakali kadrlar yetişmasligi keskin sezilayotganiga qaramay, har yili bitiruvçilarning aksariyati öz mutaxassisligi böyiça işga joylaşa olmaydi. Bu qaysidir ma'noda, ta'lim jarayoni mobaynida talabalarning kamdan kam hollarda tölaqonli amaliyotdan ötişi bilan boğliq. Şu bilan birga, viloyatlarda iş haqi tölanadigan amaliyotlar odat tusiga kirmagan.
- Hozirgi kunda bizning ta'lim tizimimiz talabalarning ulkan ma'lumot oqimi, yangi ilmiy izlanişlar va texnologiyalarni özlaştirişlariga qaratilgan. Zamon şiddat bilan özgarib bormoqda va biz iş beruvçilar bilan faol hamkorlik qilayotgan oliygohlarning bitiruvçi kadrlari sifati sezilarli darajada yaxşilanayotganiga guvoh bölmoqdamiz. Bu amaliyotga boşqalar, avvalo talabalarning özlarini jalb qiliş muhimdir. Körinib turibdiki, mamlakatga kadrlar zaxirasi zarur, mutaxassislar yetişmasligi nafaqat tijorat sohasi, balki davlat xizmatida ham mavjud, — deydi oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari Yusuf Absoatov. - Öz navbatida, biz mazkur yönalişdagi tarkibiy va tizimli özgarişlarni amalga oşirişda Fond va boşqa taşkilotlar bilan muzokaralarga tayyormiz.
Ziyo Week doirasida Ziyo Forum platformasining asosiy formatlari talabalarni ta'lim oliş davridanoq karera qurişga tayyorlaş uçun sinovdan ötkaziladi.
- Biz talabalar va OTMlar bilan doimiy ravişda muloqot qilamiz. Hozirda karerani rejalaştiriş bilan boğliq muammolar juda keskin sezilmoqda: köpçilik öz mutaxassisligining mohiyatini bilmasdan, "diplom uçun" öqişga boradi. Fond loyihalari asosida biz oliygohdagi ta'limdan uzoqlaşmagan holda, öz karerasini rejalaştiradigan eng kuçli talabalar jamoasini şakllantirmoqçimiz. Buning uçun biz, avvalambor, potensial xodimlarni iş beruvçilar bilan boğlaşimiz kerak. Bugun bizda şunday imkoniyat mavjud.
Ta'kidlaşim lozim bölgan yana bir muhim jihat – köplab bitiruvçilarda rivojlangan soft skills könikmalarining yetişmasligi kuzatilib, u esa, öz navbatida, yoş mutaxassislarga iş jarayonida samarali iştirok etişlarida yordam beradi. Masalan, köplab yoşlar özlarini taniştiriş, rezyumeni töğri töldirişni bilmaydilar, samarasiz muloqot qiladilar, – deydi Ziyo Forum ilm-fan va ta'lim-tarbiyani rivojlantiriş fondi direktori Bobur Farmonov.












