Uçköprikda sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida bir kişi vafot etgan. Bu haqda Farğona viloyati işki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinişiça, voqea 19 may kuni Uçköprik tumanida sodir bölgan. Tumanning Katta Qöştepa qişloği hududidan ötayotgan, fuqaro X.A. «Damas» rusumli avtomaşinasini boşqarib ketayotib, özi bilan bir yönalişda harakatlanib ketayotgan A.A. boşqaruvidagi «T-28» rusumli traktor bilan töqnaşib ketgan. Buning oqibatida «Damas» rusumli avtomaşina yölovçisi B.U tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Xabarda aytilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan tuman içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Avvalroq, viloyatning Boğdod-Qöqon yölida ham mudhiş avariya sodir bölganligi haqida xabar berilgan edi.