Jizzax şahrida qarama-qarşi yönalişga çiqqan maşina öz yönalişida harakatlanib kelayotgan boşqa bir maşina bilan töqnaşgan. Oqibatda bir kişi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 18 may kuni soat 8:50 larda davlat ahamiyatiga ega 4R38 Jizzax-Ğallaorol yölining 35 kilometrida Ğallaorol tumanida yaşovçi, 1987 yilda tuğilgan haydovçi öz boşqaruvidagi Lasetti maşinasida harakatlanib kelayotib, Jizzax şahri Amir Temur mahallasida yaşovçi 1998 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvidagi Neksiya 3 maşinasi bilan töqnaşib ketgan.

Oqibatda har ikkala maşina haydovçilari oğir tan jarohatlari olib Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam markazi Jizzax filialining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Şifokorlar tomonidan körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, Lasetti haydovçisi şifoxonada vafot etgan.

Suriştiruvda ma'lum bölişiça, Neksiya 3 haydovçisi yöl harakati qoidalarini qöpol tarzda buzib, tez harakatlangan va özidan oldinda harakatlanib ketayotgan maşinalarni quvib ötiş uçun qarama-qarşi yönalişga çiqqan. Söng, öz yönalişiga ötişga ulgurmay, röparadan kelayotgan Lasettiga urilgan.

Qayd etilişiça, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Jizzax şahar IIB YHXB tomonidan suriştiruv olib borilmoqda.