Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari “Sirdaryo viloyatining Guliston, Şirin, Yangiyer şaharlari, Guliston, Boyovut, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos tumanlari çegaralarini özgartiriş töğrisida”gi qaror loyihasini ma’qulladilar.
Taklif etilayotgan çegara özgartirişlariga muvofiq, Guliston tumanidan 527,23 gektar va Boyovut tumanidan 582 gektar yer maydonini Guliston şahri tarkibiga hamda Boyovut tumanidan 638,77 gektar yer maydonini Şirin şahri tarkibiga ötkaziş nazarda tutilmoqda.
Qayd etilişiça, Guliston va Şirin şaharlari viloyatdagi aholi eng ziç joylaşgan hudud hisoblanib, çegaralarning kengayişi şaharda aholi ziçligini kamaytirişga, transport qatnovini yaxşilaşga, hududda yirik loyihalar uçun zamin yaratib, xorijiy va mahalliy investitsiyalar oqimini köpaytirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, hududda yangi sanoat zonalari, texnoparklar va yuqori texnologiyali korxonalar taşkil etişga, quriliş, xizmat körsatiş va sanoat sohalarida ön minglab yangi iş örinlari yaratilib, aholi daromadlarini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlarni belgilaşga şaroit yaratadi.
Majlisda çegaralarga özgarişlar kiritiş masalasi tegişli mahalla fuqarolar yiğinlari, xalq deputatlari tuman, şahar Kengaşlari hamda viloyat Kengaşida muhokama qilinib, çegaralarning kartografik çizmasi va çegaralar çiziğining tasnifi ma’qullangani qayd etildi








