
“Şoşilinç va tez tibbiy yordam: kafolatli, işonçli va sifatli xizmat” mavzusidagi matbuot anjumanida ma'lum qilinişiça, Özbekistonda 2016 yilda atigi 800 ta “Tez yordam” şoxobçalari mavjud bölgan bölsa, bugunga kelib ularning soni 1666 taga yetkazilgan.
Tez tibbiy yordam brigadalari 2016 yilda jami 1648 tani taşkil qilgan bölsa, hozirgi kunda 2685 taga yetgan. 2016 yilda Toşkent şahri tez yordam tarmoğida bor yöği 4 ta reanimobil bor edi. Birgina ötgan 2020 yilning 4 oyi davomida Toşkent şahar tez tibbiy yordam stansiyasiga 160 dona “Ford” rusumli reanimatsion tibbiy apparatlar bilan jihozlangan tez tibbiy yordam avtomaşinalari xarid qilindi. Bugun esa respublikaning tez tibbiy yordam xizmatida 435 ta reanimobil mavjud. Asta-sekin tez tibbiy yordamda “Damas” rusumli avtomobillardan butunlay voz keçiş rejalaştirilmoqda.
Amalga oşirilgan işlar natijasida tez tibbiy yordamning keçikişlari 10-12 foizdan 1-2 foizgaça kamaydi. Çaqiriqlarga yetib boriş vaqti örtaça 25-30 daqiqa bölgan bölsa, hozir atigi 8-12 daqiqani hosil qiladi.
Tez tibbiy yordam xizmatini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlaş jarayonini markazlaştiriş natijasida bir çaqiriq uçun ajratilgan dori vositalari qiymati har yili kamida ikki barobar oşirib borilişiga erişilgan. Jumladan, 2016 yilda “Tez tibbiy yordam” tizimida bitta çaqiriqqa dori-darmon uçun ajratilayotgan mablağ 745 sömni taşkil etsa, ayni paytda uşbu körsatkiç örtaça 7700 sömni taşkil etadi. Bundan taşqari, tez tibbiy yordam avtomaşinalari haydovçilari maoşiga sanitar vazifasini bajarganligi uçun 30 foiz ustama tayinlangan.
2021 yilgaça tez tibbiy yordam xizmatida «Damas»lardan töliq voz keçiladi
Toşkentda tez tibbiy yordam xizmatlaridagi «Damas»lar töliq «Ford» maşinalariga almaştiriladi











