Toshkentda tez tibbiy yordam xizmatlaridagi «Damas»lar to‘liq «Ford» mashinalariga almashtiriladi
Toshkent shahrida tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish choralari ko‘rilmoqda. Bunga ko‘ra shahar tez tibbiy yordam xizmati mashinalari to‘liq zamonaviy «Ford» mashinalariga almashtiriladi.
AKT vaziri Shuhrat Sodiqovning ma'lum qilishicha, bugungi kunda umumiy qiymati 12 mln dollariga teng shartnoma imzolangan. Shu paytgacha 9ta zamonaviy tez tibbiy yordam avtomashinalari olib kelingan bo‘lib, yil oxiriga qadar jami 150ta ana shunday avtomashina yetkazib beriladi.

«Toshkent shahrida hozirgi «Damas»lar o‘rniga zamonaviy «Ford» mashinalari xizmat ko‘rsatadi. Toshkentdagi tez tibbiy yordam tizimidan «Damas»lar chiqarib tashlanadi. Keyingi bosqichda vazirligimiz tomonidan butun respublika bo‘yicha tez tibbiy yordam texnik uskunalarini qayta modernizatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

09:56 / 24.09.2024
Jizzaxda haydovchi Damasga katta yoshdagi 14 kishini mindirib harakatlandi

09:44 / 27.05.2024
Olmaliqda «Damas» kanalga tushib ketdi

11:01 / 11.05.2024
Shahrisabzda Damas 1-sinf o‘quvchisini bosib ketdi

20:29 / 21.04.2024