Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti Şohrux Bobojonovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, 2016-2021 yillarda Özbekistonda quriliş materiallari işlab çiqariş hajmi yuqori darajada ösdi.

Quriliş materiallari işlab çiqariş hajmi qança?

2020 yilda respublikada quriliş materiallari sohasidagi korxonalar tomonidan jami 22 trln sömlik mahsulot işlab çiqarildi. 2016 yilda uşbu körsatkiç 6,8 trln sömni taşkil etgan bölib, ösiş sur'ati 3,2 barobarga yetdi.

Xususan, ötgan yil mobaynida:

  • 12,5 mln tonna sement (ösiş 45 foiz);
  • 20,2 mln kv/m quriliş oynasi (ösiş 59,4 foiz);
  • 17,3 mln kv/m keramik plitkalar (1,8 barobar);
  • 61 mln kv/m gipsokarton (2,1 barobar);
  • 890 ming tonna quruq quriliş aralaşmasi (4,8 barobar);
  • 340 ming tonna ohak (ösiş 13,7 foiz);
  • 2000 öram gulqoğoz (ösiş 89 baravar) işlab çiqarildi.

Ayni kunda Özbekistonda quriliş materiallari işlab çiqaruvçi 12 yarim mingga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda.

Ötgan yillarda 120 turdagi quriliş materiallari işlab çiqarilgan bölsa, bugungi kunda ularning soni 180 tadan oşib ketdi.

Ma'lum qilinişiça, 2016 yildan 2021 yilgaça 7385 ta investitsiya loyihasi böyiça 5 mlrd 386 mln dollar özlaştirildi.

Şuningdek, 2021 yilda tasdiqlangan investitsiya dasturiga asosan, quriliş materiallari sohasida umumiy qiymati 2 mlrd 130 mln dollar bölgan 790ta yirik istiqbolli loyihalar böyiça 1 mlrd 701 mln dollar özlaştirilişi belgilangan.

Quriliş mollari eksport-import körsatkiçi qanday?

Tahlillarga köra, 2016 yilda 55,3 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan bölsa, ötgan yili bu körsatkiç 257 mln dollarga yetkazildi va ösiş 4,6 barobarni taşkil qildi. 2021 yilda esa 270 mln dollar miqdoridagi quriliş materiallarini jahon bozoriga çiqariş rejalaştirilgan.

Xususan, ötgan davr mobaynida 28,9 mln dollarlik sement, 19 mln dollarlik alyumin va PVX profillar, 14,2 mln dollarlik keramik plitka, 12,8 mln dollarlik quruq quriliş aralaşmalari, 7,7 mln dollarlik ohak, 7,1 mln dollarlik gipsokarton, 3,5 mln dollarlik gulqoğoz kabi quriliş materiallari eksporti amalga oşirildi.

Ötgan 2020 yilda 467,6 mln dollarlik 45 turdagi quriliş materiallari import qilingan bölib, bu körsatkiç 2019 yilga nisbatan 14,2 foizga kamayişiga erişildi.

Jumladan, uşbu davrda 130,9 mln dollarlik sement, 38,2 mln dollarlik gulqoğoz, 32,9 mln dollarlik quriliş oynasi, 31,8 mln dollarlik lak-böyoq mahsulotlari, 28,4 mln dollarlik olovbardoş ğişt, 21,8 mln dollarlik keramik plitkalar, 21,4 mln dollarlik PVXdan quvur va fitinglar kabi quriliş materiallari import qilingan.