Davlat rahbari raislik töğrisidagi qaror qöllab-quvvatlangani va umumiy işga hissa qöşiş, yangi ğoyalarni taklif etiş va bugungi kunda Hamdöstlik mamlakatlari uçun çindan ham muhim bölgan yönalişlarni birgalikda rivojlantiriş imkoniyati uçun barça hamkasblariga minnatdorlik bildirdi.

– Biz kelgusi yili aniq va sezilarli natija beradigan masalalarni eʼtibor markaziga qöyiş niyatidamiz. Bular – iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, taʼlim, ilm-fan va inson salohiyatini rivojlantirişdir, – dedi Mirziyoyev.

Uşbu yondaşuv Özbekistonning raisligi uçun belgilangan «MDH – işonç va umumiy taraqqiyot makoni» degan şiorda öz ifodasini topdi.

Ayni paytda Raislik konsepsiyasi va tadbirlar rejasini işlab çiqiş işlari yakunlanmoqda. Ularda yuzdan ortiq aniq tadbirni amalga oşiriş közda tutilgan.

Özbekiston raisligi davridagi ustuvor yönalişlar va amaliy hamkorlik mexanizmlari taqdim etildi.

Hamdöstlik doirasidagi siyosiy muloqotga alohida eʼtibor qaratiladi.

– Bugun, dunyoda vaziyat tobora murakkablaşib borayotgan bir paytda har qanday masalani xotirjam muhokama qiliş, bir-birimizni tinglaş hamda barçamizga maqbul bölgan yeçimlarni izlaş imkoniyatini saqlab qoliş öta muhimdir, – dedi davlat rahbari.

MDH mamlakatlari salmoqli işlab çiqariş salohiyati, resurslar, texnologiyalar va bozorlarga ega ekanini inobatga olib, iqtisodiyot sohasida asosiy eʼtiborni sanoat kooperatsiyasiga qaratiş taklif etildi.

– Agar bu salohiyatimizni birlaştirsak, qöşma işlab çiqariş quvvatlarini yaratsak va barqaror yetkazib beriş zanjirlarini yölga qöysak, barça iştirokçilar uçun natija yanada sezilarli böladi, – dedi Mirziyoyev.

Bu borada mamlakatlar örtasidagi savdo-sotiqqa xalaqit berib kelayotgan tösiqlarni bartaraf etiş muhim ahamiyat kasb etadi.

Raqamli texnologiyalar bilan boğliq yönalişga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bunda faqat hozirning özida ham yaxşi rivojlangan sohalar bilan çeklanib qolmaslik muhimligi taʼkidlandi.

– Oldinga qadam taşlaş va yaqin yillarda mamlakatlarimiz iqtisodiyoti raqobatbardoşligini oşiriş bilan boğliq böladigan sohalarda birgalikda işlaş zarur. Bu örinda söz muhim minerallar, sunʼiy intellekt, robotlaştiriş, yangi materiallar va zamonaviy energetika texnologiyalari sohalari haqida bormoqda. Aynan şu sohalar bugungi kunda öz kompetensiyalarimiz hamda qöşma loyihalarni yaratgan holda, ortda qolib ketmasligimiz muhim bölgan yönalişlardir, – dedi Mirziyoyev.