Özbekiston Rossiya tomonidan har tomonlama kömakka tayanişi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkmanistonning Turkmanboşi şahrida ötgan MDH davlatlari yetakçilari uçraşuvida maʼlum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
U Özbekiston 2027-yil 1-yanvardan boşlab MDH taşkilotining navbatdagi raisiga aylanişini aytdi. Putin Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga uşbu missiyada muvaffaqiyat tiladi.
«Bugun kelgusi yilning 1-yanvaridan boşlab MDHga raislik estafetasi Özbekistonga ötişi töğrisida qaror qabul qilindi. Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevga uşbu muhim missiyada muvaffaqiyat tilab qolaman», - dedi Putin.
MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi) 1991-yil dekabr oyida, SSSR parçalanganidan söng taşkil etilgan. Taşkilotga ilgari Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan davlatlar aʼzo hisoblanadi. Hamkorlikning asosini savdo, transport, xavfsizlik, gumanitar va madaniy aloqalar taşkil etadi. Oliy organi - Davlat rahbarlari kengaşi bölib, qarorgohi Minsk şahrida joylaşgan.
MDHga raislik har yili rotatsiya asosida almaşib turadi. Raislik qiluvçi mamlakat yilning ustuvor yönalişlarini belgilaydi, Hamdöstlik tadbirlarini taşkil etadi va davlat rahbarlari sammitiga mezbonlik qiladi.
Özbekiston 2027-yil 1-yanvardan boşlab MDHga raislik qiladi va Buxoroda navbatdagi sammitni qabul qiladi. Bu mamlakatning ikkinçi raisligi böladi: Özbekiston ilk bor 2020-yilda Hamdöstlikka raislik qilgan edi.

















