2027-yil 1-yanvardan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga (MDH) raislik Özbekistonga ötadi. Bu haqda 9-oktabr kuni MDH davlat rahbarlari kengaşi majlisi yakunlari böyiça qaror qabul qilindi.

Özbekiston bilan birgalikda Turkmaniston va ilk bor Ozarboyjon ham hamraislik qiladi.

Navbatdagi MDH sammiti 2027-yil 8−9-oktabr kunlari Buxoroda bölib ötadi. Bu Özbekistonning ikkinçi raisligi böladi: mamlakat ilk bor 2020-yilda Hamdöstlikka raislik qilgan edi.

MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi) 1991-yil dekabr oyida, SSSR parçalanganidan söng taşkil etilgan. Taşkilotga ilgari Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan davlatlar aʼzo hisoblanadi. Hamkorlikning asosini savdo, transport, xavfsizlik, gumanitar va madaniy aloqalar taşkil etadi. Oliy organi - Davlat rahbarlari kengaşi bölib, qarorgohi Minsk şahrida joylaşgan.

MDHga raislik har yili rotatsiya asosida almaşib turadi. Raislik qiluvçi mamlakat yilning ustuvor yönalişlarini belgilaydi, Hamdöstlik tadbirlarini taşkil etadi va davlat rahbarlari sammitiga mezbonlik qiladi.