Uç mamlakat – Ukraina, Ozarboyjon va Özbekiston yoşlar jamoalari iştirokida ötgan turnirning dastlabki bahsida ozarlar ustidan minimal hisobda ustun kelgan vakillarimiz, ikkinçi öyinda mezbon Ukrainani mağlub etişdi. 

Dastlab Jasur Jaloliddinov himoyaçining qöpol xatosini golga aylantirgan bölsa, köp ötmay Husayn Norçayev ikkinçi golga mualliflik qildi – 2:0. 

Uşbu öyinni milliy jamoamiz sobiq futbolçisi Maksim Şatskix va Ukraina futboli afsonasi, «Nasaf» sobiq boş murabbiyi Anatoliy Demyanenko stadionda kuzatib borişdi.

Valeriy Lobanovskiy xalqaro xotira turniri – 2021.
28 may (juma)
Ukraina U-21 – Özbekiston U-21 – 0:2
Gollar: Jasur Jaloliddinov 41, Husayn Norçayev 63.
Özbekiston U-21: Hamidullo Abdunabiyev, Otabek Jöraqöziyev, Eldor Begimov, Odil Abdumajidov, Sunnatulloh Hamidjonov, Diyor Rahimqulov, Rizo Turdaliyev, Diyor Xolmatov, Jasur Jaloliddinov, Husayn Norçayev, Uluğbek Hoşimov.

26 may. Ukraina U-21 – Ozarboyjon U-21 – 0:1 (Gurbanli, 17)
27 may. Ozarboyjon U-21 – Özbekiston U-21 – 0:1 (J.Jaloliddinov, 75)

Turnir jadvali:
1. Özbekiston U-21 – 6 oçko
2. Ozarboyjon U-21 – 3 oçko
3. Ukraina U-21 – 0 oçko.