Uçraşuvda Mehriddin Abdullayev mamlakatimizda olib borilayotgan yoşlarga oid davlat siyosatining negizi yoşlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oşiriş, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qiliş, istiqbolli ğoyalari va loyihalarini röyobga çiqariş orqali yoşlarning bandligini ta’minlaş ustuvor yönalişlaridan biri ekanligi töğrisida öz fikrlarini bildirdi.
– Fursatdan foydalanib, epidemiyaning murakkab şaroitlarida ham qat’iyat, sabr-toqat, örganişga, yangi bilimlarni özlaştirişga tayyorligingiz uçun sizlarga minnatdorçilik bildirmoqçiman, – dedi “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev. – Yoşlarning bandligini ta’minlaş davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Öylanmanki, bu borada ötgan yili tuman hududida barpo etilgan yangi sanoat işlab çiqariş obekti, ya’ni “Gazli” gazni qayta işlaş zavodining işga tuşirilişi hudud yoşlarini iş bilan ta’minlaşda öz hissasini qöşdi.

Uçraşuvda iştirokçi yoşlarga tizimdagi korxonalar ehtiyoji uçun yuqori salohiyatga ega, çet tillarini mukammal biladigan yoşlar uçun belgilab olingan çora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. Jumladan, “IELTS” sertifikatiga ega bölgan maktab bitiruvçilari kelgusida oliy öquv yurtlarida tölov-şartnoma (kontrakt) asosida ta’lim olgan taqdirda ularning tölov-şartnoma (kontrakt) mablağlari “Özbekneftgaz” AJ tomonidan tizim korxonalarida işlab beriş şarti bilan qoplab berilişi, oliy öquv yurtini tugallaganidan söng doimiy iş örni bilan ta’minlanişi ma’lum qilindi.
Uçraşuv davomida tumanda yoşlarni tizimdagi korxonalar ehtiyoji uçun mutaxassis kadrlar tayyorlaşga ixtisoslaşgan oliy öquv yurtlari qabul jarayonlari, neft-gaz korxonalariga işga joylaşiş va boşqa yönalişlarda bir qança taklif va murojaatlar kelib tuşdi.

Şuningdek, yoşlarning axborot texnologiyalari sohasiga bölgan qiziqişlarini qöllab-quvvatlaş va qöşimça şart-şaroitlar yaratib beriş maqsadida “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi Raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan Romitan tumanidagi yoşlarga kompyuter jamlanmalari, ilm-fan, san’at, sport, madaniyat sohalarida yuqori natijalarga erişib kelayotgan, şuningdek “Yoşlar daftari”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oila farzandlariga tikuv maşinalari, velosiped, sport anjomlari va boşqa turdagi sovğalar topşirildi.
Uçraşuv kun tartibidagi masalalar yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, Gazli neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi hamda Romitan tuman aholi bandligiga kömaklaşiş markazi bilan hamkorlikda vakant iş örinlari ehtiyoji uçun oliy öquv yurtlari va örta maxsus kasb-hunar kollejlari bitiruvçilariga ma’lum qilgan holda tanlov ötkazilişiga qaror qilindi.

Buxoro neftni qayta işlaş zavodi hamda tumandagi bolalar va ösmirlar sport maktabi özbek jang san’ati yönalişi qatnaşçilarining 6 nafarini 2021 yil noyabrda Turkiya Respublikasida ötkaziladigan xalqaro musobaqada qatnaşiş xarajatlari qoplab beriladigan böldi.
Uçraşuv doirasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beşta muhim taşabbus doirasida tadbirlar taşkil etildi. Tadbirlarda madaniyat, adabiyot, san’atga qiziquvçan yoşlar öz iqtidorlarini namoyiş etişdi. Ular sportning kuraş, şaşka-şaxmat kabi bir qator yönalişlari böyiça özaro kuç sinaşişdi.
Fotolavhalar:










“Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ











