Qirğizistonda sobiq boş vazir Omurbek Babanov va parlamentning sobiq raisi Asilbek Jeenbekov korrupsiyada gumonlanib hibsga olindi. Babanovning hibsga olingani haqida Davlat milliy xavfsizlik qömitasi matbuot xizmati, Jeenbekovning hibsga olinganini esa TASS axborot agentligining qömitadagi manbasi ma'lum qilgan.

Ta'kidlanişiça, Babanov va Jeenbekov Qumtor oltin konini özlaştiriş loyihasini amalga oşirişdagi korrupsiya holatlari böyiça qözğatilgan jinoiy iş doirasida hibsga olingan.  

«Tergov doirasida olingan isbotlar asosida Qirğiziston Jinoyat kodeksining «Korrupsiya» moddasida közda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda gumonlanib, sobiq boş vazir Omurbek Babanov hibsga olindi», deb ma'lum qilingan qömitada.

Şuningdek, qömitadagi manba Asilbek Jeenbekovning hibsga olinganini ham tasdiqlagan.

17 may kuni Davlat milliy xavfsizlik qömitasi Qumtor konini özlaştiriş bilan şuğullangan «Kumtor gold kompani» korxonasi vakillariga nisbatan 4ta jinoiy iş qözğatgandi. Qömita rahbari Qamçibek Taşiyevning ta'kidlaşiça, uşbu iş doirasida xavfli moddalar bilan muomala qiliş qoidalarini buziş, tuproq va atmosferani ifloslantiriş, muzliklarni yöq qiliş, suğurta va soliq qonunbuzarliklari bilan boğliq holatlar tergov qilinmoqda.

 Avvalroq Qirğizistonda respublikadagi eng yirik oltin konining milliylaştirilişi jarayoni boşlangandi. Qumtor konini özlaştiriş bilan 1990-yillar boşidan beri Kanadaning «Centerra Gold Inc.» korporatsiyasi şuğullanib keladi. Korporatsiyaning Qirğiziston hukumati bilan tuzgan kelişuviga asosan konni özlaştiriş maqsadida «Kumtor gold kompani» korxonasi taşkil etilgan.

18 may kuni konda vaqtinçalik taşqi boşqaruv joriy qilindi. Qirğiziston hukumatining bu xatti-harakatlari nafaqat «Centerra Gold Inc.» bilan, balki Kanada hukumati bilan mojaro çiqişiga sabab bölgan. Kanada korporatsiyasi yuzaga kelgan kelişmovçiliklar hal qilinmasa, Qirğiziston hukumatini yetkazilgan zarar uçun arbitraj jarayoni doirasida javobgarlikka tortişini e'lon qildi.

Ma'lumotlarga köra, 2020 yilda Qumtorda 17 tonnadan köproq oltin olingan.