Xorazm viloyati IIB axborot xizmatining ma'lum qilişiça, uşbu voqea joriy yilning 28 may kuni Hazorasp tumanida bölib ötgan töy tadbirlari doirasida sodir bölgan. Uşbu qoidabuzarliklar natijasida YTH sodir etilmagan bölsa-da, qoidabuzarlik sodir etgan 10dan ortiq haydovçiga MJtK 128-5-moddasining ikkinçi qismi va 129-moddasining birinçi qismi bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, ularning har biriga BHMning 10 baravari (2 mln 450 ming söm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Ma'lumot uçun, MJtK 128-5-moddasining ikkinçi qismida transport vositalari haydovçilarining yölning qarama-qarşi harakatlaniş uçun möljallangan tomoniga yoki bölagiga yöl harakati qoidalarini buzgan holda çiqqanlik uçun, MJtK 129-moddasining birinçi qismida esa transport vositalari haydovçilarining yöllarda yöl harakati xavfsizligiga tahdid soluvçi yoki avariya holatini keltirib çiqaruvçi guruh bölib harakat qilişda qatnaşganlik uçun javobgarlik belgilangan.