Amerika Qöşma Ştatlari hukumati Özbekiston hukumati bilan hamkorlikda Qöytoş va Qorasoyda seysmik stansiyalar örnatişni rejalaştirmoqda. Bu haqda AQŞ elçixonasi xabar berdi.
Joriy yil 2 iyun kuni Toşkentdagi elçixona ijaraga olingan 14 000 AQŞ dollarlik uskunalarni Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga yetkazib berdi.
Ma'lum qilinişiça, joriy yilning oxirida doimiy stansiyani örnatişga tayyorgarlik jarayonida Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi Kaliforniya ştatidagi San-Diyego universiteti (UCSD) bilan birgalikda Karasay va Koitaş şaharlarida ikkita vaqtinçalik seysmik stansiyalar yordami bilan joyida akustika va infratuzilmani örganadi.
Bildirilişiça, AQŞ Davlat departamenti şu yil oxiriga qadar Qorasoyda qurilişi rejalaştirilgan doimiy stansiya uçun uskunalar sotib oladi va montaj işlarini moliyalaştiradi.
UCSD va Seysmologiya qöşma tadqiqot instituti (IRIS) tomonidan birgalikda boşqariladigan 152ta stansiyadan iborat Global seysmik tarmoq (GSN) AQŞ Milliy ilmiy fondi (NSF), AQŞ Geologiya xizmati (USGS) tomonidan moliyalaştiriladigan IRIS, boşqa federal idoralar va xalqaro hamjamiyat örtasidagi hamkorlikdir. IRIS va NSF tomonidan qöllab-quvvatlanadigan UCSD GSN stansiyalarining uçdan bir qismini boşqaradi. Özbekistondagi taklif qilinadigan stansiya ham GSN’ga kiradi.












