Adliya vazirligi xabariga köra, 2021 yil 1 dekabrdan:

  • köçma savdo faoliyati tadbirkorlar tomonidan köçma savdo obektlarini elektron tarzda “K – SAVDO” avtomatlaştirilgan axborot tizimida röyxatdan ötkaziş yöli bilan amalga oşiriladi;
  • Röyxatdan ötkaziş uçun yiğim undirilmaydi;
  • köçma savdo joyi (xususiy mulkdorlarga tegişli joylardan taşqari) köçma savdo obektlari joylaşiş sxemalari böyiça “K – SAVDO” orqali elektron auksionda sotiladi.

Auksion boşlanğiç narxi tegişli tuman (şahar)dagi yer uçastkasining yer soliği miqdorida belgilanadi. Auksion ğolibi tomonidan köçma savdo joyi qiymati töliq tölanganidan söng unga “K – SAVDO” tizimi orqali avtomatik ravişda QR-kod qöyilgan guvohnoma beriladi hamda u mazkur joydan 36 oy muddatga foydalaniş huquqiga ega böladi. Bunda köçma savdo joyidan foydalaniş böyiça şartnoma tuziş talab etilmaydi.

Şuningdek, hujjatga köra:

  • savdo avtomatlariga nisbatan nazorat-kassa texnikalaridan majburiy foydalaniş talabi tatbiq etilmaydi;
  • sotadigan tovarlari va (yoki) körsatadigan xizmatlari turidan qat'i nazar bunday faoliyat bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar çakana savdo sohasidagi soliq tölovçi deb e'tirof etiladi.