Qashqadaryo viloyatining beşta hududida barça iste'molçilarga qariyb 2 sutka tabiiy gaz beriş töxtatiladi. Bu haqda Hududgaz Qashqadaryo filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, «Hududgaz Qashqadaryo» filiali texnik nosozliklar tufayli viloyatning bir qator hududlarida gaz ta'minotini vaqtinçalik töxtatadi.
Jumladan, filialga qaraşli Yakkaboğ magistral gaz quvuri tarmoğining 4, 6 va 7 kilometrlarida gaz quvurining texnik nuqsonli qismlarining almaştirilişi munosabati bilan 7 iyun soat 06:00dan 8 iyun soat 18:00ga qadar Şahrisabz GTS, Çiroqçi GTS, Yakkaboğ GTS hamda Adiba GTS tarmoqlarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinça çeklanadi.
Qayd etilişiça, qariyb 2 sutka mobaynida Şahrisabz şahri, Çiroqçi, Yakkaboğ, Şahrisabz va Kitob tumanlaridagi 39 ta mahalla fuqarolar yiğini, 21 138 ta xonadon va 395 ta ulgurji gaz iste'molçilarining tabiiy gaz ta'minoti töxtatiladi.












