Venetsiya aholisi pandemiya boşidan beri şaharda ilk bor kruiz layneri töxtagandan keyin ularga qarşi namoyişga çiqdi.

Namoyiş taşkilotçisi “No Grandi Navi” (Katta kemalarga yöq) jamiyati faollarining ta'kidlaşiça, odamlar katta kemalarga şaharning tarixiy markazi - Avliyo Mark maydonida töxtaş taqiqlanganini e'lon qilgan Italiya hukumati tomonidan “aldanganlar”. Şahar aholisi pandemiya boşidan beri 17 oy içida şaharga ilk kruiz layneri qöqqisdan kirib kelganda taajjubda qolgan.

5 iyun kuni 92 tonnalik MSC Orchestra kruiz layneri Italiyaning Bari şahriga yöl olişdan oldin şahardan 650 yölovçini öz bortiga olgan.

Şu bilan birga, şaharda kruiz sayyohligidan kun köruvçi va pandemiya boşidan beri işsiz qolgan mahalliy aholini qöllab-quvvatlovçi “Si Grandi Navi” (Katta kemalarga ha) harakati tomonidan kruiz laynerlari qöllab-quvvatloviga namoyiş ham bölib ötgan.

Mart oxirida Italiya hukumati kruiz laynerlariga Avliyo Mark maydoni yonidan ötiş va tarixiy markazda töxtaş taqiqlanişini e'lon qilgandi. Kemalar yangi kruiz terminali qurilgungaça Margera sanoat portiga yöllanişi rejalaştirilgandi. Bu boradagi farmon parlamentning quyi palatasi tomonidan may oyida ma'qullangandi, Italiya madaniyat vaziri Dario Françeskini esa “köp qavatli uy” balandligidagi kemalar Venetsiyada boşqa töxtamasligiga va'da bergandi.

Venetsiya köçalari may örtalarida koronavirusga qarşi çeklovlar yengillaştirilgandan keyin yana sayyohlar bilan töla boşladi. Pandemiyagaça suv ustidagi şahar yiliga 28 mlngaça sayyohni qabul qilgan.