Venetsiya hukumati 2025 yilda ham şaharga bir kunga kelgan turistlardan soliq undirişni davom ettiradi. Ayrim toifadagi turistlardan undiriladigan turistik yiğim esa ikki barobarga oşadi, deb xabar beradi CNN.
Venetsiya meri Luiji Brunyaroning sözlariga köra, soliq haddan ortiq turistlar oqimini tartibga solişda şahar va uning aholisiga yordam beriş maqsadida joriy etilgan.
«Venetsiya — turistlar oqimi bilan boğliq muammoni hal etişga urinayotgan dunyodagi yagona şahar va biz sezilarli natijalarga erişdik», — deydi mer.
Turistlar uçun joriy etilgan yangi soliq tizimi 2025 yil 18 apreldan kuçga kiradi va 27 iyulga qadar davom etadi. Soliq, juma, şanba va yakşanba, şuningdek, bayram kunlari undiriladi.
Turistik soliq miqdori 5 yevroni taşkil etadi, mehmonxona yoki restorandan oldindan joy band etmaganlar ikki hissi köproq — 10 yevro tölaydi.
Ayrim toifadagi taşrif buyuruvçilar (Italiya fuqarolari, Venetsiyada tuğilganlar, talabalar va işçilar, şuningdek, mehmonxonadan joy band qilgan turistlar) soliqdan ozod etiladi.
Venetsiya hukumati tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, turistik soliq joriy etilganining birinçi bosqiçida 2,4 million yevro mablağ töplangan. Italiyadagi maşhur kurort-şahar hisoblangan Venetsiyaga taşrif buyuriş uçun maxsus sayt orqali röyxatdan ötiş, şaharga kirişda elektron yoki qoğoz körinişidagi QR-kodni körsatiş talab etiladi. Statistikaga köra, Venetsiyaga keladigan turistlarning aksariyati AQŞ, Germaniya va Fransiya fuqarolaridir. Hisob-kitoblar böyiça har yili Venetsiyaga 25-30 million turist taşrif buyuradi.








