«Tolibon» harakati Tojikiston va Qirğizistonni «öz muammolarini muloqot yöli» orqali hal etişga çaqirdi.
«Tolibon» harakati matbuot kotibi Zabihullo Mujohid Tvitter orqali ana şunday murojaat bilan çiqdi, deb xabar berdi Aziya-Plyus.
«Islom amirligi ikki islom va birodar mamlakatni öz muammolarini muloqot yöli orqali hal etişga çaqiradi», deb yozdi Mujohid.
Zabihullo Mujohid şuningdek, şunday deb yozgan: «Bizda uruşning zarari borasida ulkan amaliy tajriba bor, uruşning boşlanişi osonga öxşaydi, ammo uning borişi, oqibatlari va yöqotişlar ança katta böladi».
«Tolibon» avvalroq Toğli Qoraboğdagi nizo böyiça munosabat bildirgan, Toğli Qoraboğ BMT rezoyutsiyasiga muvofiq Ozarboyjonning bir qismi ekanligini ta'kidlagandi.
Eslatib ötamiz, 29 aprel kuni Qirğiziston va Tojikiston çegaralarida yaşovçi aholi örtasidagi nizo ikki davlat harbiylarining qurolli töqnaşuviga aylanib ketdi.
Töqnaşuvlarda har ikki tomondan 50dan ortiq kişi halok böldi, 300dan ortiq kişi jarohatlandi.













