11 iyunda kunduz kuni Özbekistonda örtaça issiq ob-havo saqlanib turadi. Respublika böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinçi yarmida Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol ba'zi joylarda çangli böron bilan 17-22 m/s gaça kuçayişi mumkin. Havo harorati iqlimiy me'yorlarga yaqinlaşadi va 32-37 daraja issiq atrofida, Surxondaryo viloyatida ba'zi joylarda 41-43 daraja issiq böladi.

Poytaxtda havo özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 34-36 daraja issiqqaça kötariladi.

Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat 22-27 daraja issiq böladi.