AQŞ Senati xalqaro raqobatda muhim texnologik yangiliklarni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qonun loyihasini ma'qulladi.
Loyihada AQŞda texnologiya va tadqiqotlarni kuçaytiriş, şuningdek, çiplar va telekommunikatsiya uskunalarini işlab çiqariş uçun taxminan 250 mlrd dollar ajratilişi közda tutilgan va mablağlarning katta qismi dastlabki beş yil içida sarflanişi rejalaştirilgan.
Ta'kidlanişiça, bu Qöşma Ştatlarda sönggi ön yilliklardagi ilmiy tadqiqotlarga ajratilayotgan eng katta sarmoya hisoblanadi.
Bu dunyo miqyosida AQŞning yarimötkazgiç işlab çiqarişdagi uluşi 1990 yildagi 37 foizdan hozirgi kunda taxminan 12 foizgaça kamayib ketgani va çip tanqisligi AQŞ ta'minot zanjiridagi zaifliklarni yuzaga keltirgani bilan boğliqligi aytilmoqda.
«Agar biz amerikalik işçilar va amerikalik kompaniyalar dunyoda yetakçilik qilişni davom ettirişini istasak, bu oddiy. Federal hukumat Ikkinçi jahon uruşidan keyingi ön yilliklar singari ilm-fan, fundamental tadqiqotlar va innovatsiyalarga sarmoya kiritişi kerak. Kim kelajak texnologiyalari poygasida ğolib bölsa, u taşqi iqtisodiy siyosat va milliy xavfsizlik sohalarida katta ustunlikka olib keladigan global iqtisodiy yetakçiga aylanadi», deb ta'kidlagan Senat a'zosi Çak Şumer.












