«Yangi missiyaning taşkil etilişi AQŞning 2020 yilda qabul qilingan va Bayden ma'muriyati tomonidan yaqinda qöllab-quvvatlangan Markaziy Osiyo strategiyasining bir qismi. Men uçun USAID missiyasining Özbekistondagi birinçi direktori böliş katta şaraf. Bu muhim vazifani mas'uliyat bilan boşlayman», deya Mikaela Meredit sözlarini keltirmoqda manba. 

Ma'lum qilinişiça, Mikaela Meredit rivojlaniş sohasida 30 yillik tajribaga ega. U mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar 2018–2021 yillarda USAID’ning Albaniyadagi vakili va 2015–2018 yillarda Ozarboyjonda USAID missiyasining direktori bölib işlagan. Şuningdek, Yaman, Nigeriya, Kongo va Vaşingtonda turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 

Ma'lumot uçun, USAID’ning Özbekistondagi ikki tomonlama missiyasi 2020 yil sentyabr oyida taşkil etilgan. 

Agentlik Özbekistonda iqtisodiy ösişni yaxşilaş, savdo-sotiq va xususiy sektorni rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlab keladi. Şu bilan birga, taşkilot respublikaga ta'lim, suv xöjaligi, soğliqni saqlaş, qonun ustuvorligini, xavfsiz migratsiyani ta'minlaş va odam savdosiga qarşi kuraşişda ham kömaklaşadi.

USAID’ning Özbekiston bilan hamkorligi 1992 yildan boşlangan. Şu paytga qadar Amerika xalqi USAID orqali Özbekistonning rivojlaniş dasturlariga 500 mln dollardan köproq mablağ ajratgan.

Ayni paytda USAID Özbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qiliş va mintaqaviy savdoni oşiriş, soğliq uçun jiddiy tahdidlarni, şu jumladan, Covid-19ni bartaraf etiş va hukumatning aholi ehtiyojlarini qondiriş salohiyatini oşiriş uçun hamkorlik qilmoqda.