AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio USAID (AQŞ xalqaro taraqqiyot agentligi) rasman yopilişini e’lon qildi. Tugatiş jarayoniga prezident ma’muriyati huzuridagi Ma’muriy-budjet boşqarmasi direktori Rassel Vout boşçilik qilmoqda.
«Yanvar oyidan beri biz soliq tölovçilarning önlab milliard dollarini tejadik. Endi USAID rasman yopiliş arafasida. Rassel allaqaçon nazoratdan çiqib ketgan agentlikni yopiş jarayoniga boşçilik qilmoqda. Tabriklayman, Rass», dedi Rubio.
USAID 60 yildan ortiq faoliyat yuritib, iqtisodiyot, soğliqni saqlaş, ta’lim va gumanitar sohalardagi loyihalarni moliyalaştiriş orqali butun dunyo mamlakatlariga yordam berib kelayotgan edi.
2025 yil mart oyida AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio USAID dasturining 83 foizi yopilişini e’lon qildi. Agentlikning Vaşingtondagi boş qarorgohi yopildi. AQŞ yangi ma’muriyati bu qarorni mablağlarning samarasiz sarflanişi va taşqi siyosat ustuvorliklarini qayta körib çiqiş zarurati bilan izohladi.
Şu yil iyul oyida prezident Tramp AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) dasturlari va ommaviy eşittirişlar doirasida xorijiy yordam uçun ajratilgan 9 milliard dollarni budjetga qaytariş töğrisidagi qonunni imzoladi.













