«Rossotrudniçestvo» rahbari Yevgeniy Primakov Rossiyaning xalqaro taraqqiyotga kömaklaşiş agentligini — Amerikaning USAID taşkiloti muqobilini taşkil qilişni rejalaştirayotganini aytdi.
Primakovning qayd etişiça, Rossiyadagi USAID muqobili tezkorlik muammosini hal qilişi kerak. Uning sözlariga köra, hozir Rossiyaning xorijdagi har qanday loyihasi uçun «hukumatning alohida qarori çiqarilişi kerak». «Rossotrudniçestvo» rahbari yaqin xorijning ham muhimligini ta’kidlab, şunday dedi:
«Agar biz tösatdan, masalan, Lyuksemburgda öz ta’sirimizni yöqota boşlasak, qandaydir yöl bilan buni hal qilamiz. Ammo agar biz yaqin xorij mamlakatlarida ta’sirimizni yöqota boşlasak - afsuski, hozir bu röy bermoqda - bu halokatli böladi».
Primakov sözlariga köra, Taşqi işlar vazirligi xalqaro taraqqiyotga kömaklaşiş agentligi töğrisida federal qonun loyihasini işlab çiqmoqda.
«Rossotrudniçestvo taşkilotining budjeti taxminan 5,5 milliard rublni taşkil etadi, şundan taxminan 25 foizi loyihalar uçun ajratiladi. Taqqoslaş uçun: USAID budjeti 50 milliard dollardan ortiq bölgan va agentlik dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida işlagan. USAID 1961 yilda taşkil etilgan va demokratiya, soğliqni saqlaş, ta’lim va iqtisodiy rivojlaniş sohasidagi dasturlarni amalga oşiruvçi Amerika taşqi siyosatining asosiy vositalaridan biriga aylandi.
USAID Rossiyada 1992 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan, biroq 2012 yil oktyabr oyida Rossiya hukumati uni «grantlar taqsimlaş orqali siyosiy jarayonlarga, jumladan, turli darajadagi saylovlarga va fuqarolik jamiyati institutlariga ta’sir körsatişga urinişlarda» ayblab, faoliyatini töxtatişni talab qilgan.
2025 yil mart oyida AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio USAID dasturining 83 foizi yopilişini e’lon qildi. Agentlikning Vaşingtondagi boş qarorgohi yopildi. AQŞ yangi ma’muriyati bu qarorni mablağlarning samarasiz sarflanişi va taşqi siyosat ustuvorliklarini qayta körib çiqiş zarurati bilan izohladi.
Avvalroq, Qirğizistondagi «Russkiy dom» («Rossotrudniçestvo» vakolatxonasi) xodimi Rossiya armiyasiga noqonuniy yollaş bilan şuğullanganlikda ayblanib, hibsga olingan edi.
2025 yil fevralida Ozarboyjonda «Rossotrudniçestvo» vakolatxonasi faoliyati












