Britaniyada ötkazilgan sammitda «Katta yettilik» mamlakatlari rahbarlari Xitoyga qarşi turiş maqsadida global taşabbusni yölga qöyişga kelişib oldi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, taşabbus «Dunyoni yaxşiroq körinişda tiklaymiz» — Build Back Better World (B3W) deb nomlanadi hamda Lotin Amerikasi va Karib havzasidan to Afrika va Hind-Tinç okeani mintaqasidagi davlatlarni qamrab oladi.

B3W Xitoyning «Bir makon, bir yöl» taşabbusiga qarşi posangi vazifasini bajarişi kutilmoqda.

«Bir makon, bir yöl» — Xitoyning xalqaro taşabbusi bölib, u Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqasida joylaşgan 60dan ortiq mamlakatlarni özaro boğlovçi mavjud iqtisodiy yölaklarni yanada takomillaştiriş hamda yangi transport va savdo yöllarini yaratişga qaratilgan. Uşbu hududdagi davlatlar jahon yalpi içki mahsulotining 55 foizini, global energiya zaxiralarining 75 foizini özida jamlagan.