Ukraina Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi bilan emlanganligi töğrisidagi hujjatga ega bölgan şaxslarni mamlakatga kiritmaydi, çunki bu vaksina Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va Ukraina tomonidan tan olinmagan. Bu haqda "Borispol-1" çegara xizmati bölimi boşliği örinbosari Valentin Melnikka tayanib Interfaks xabar berdi.

"Sputnik" vaksinasi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan tan olinmagan, şuning uçun biz ham uni qabul qilmaymiz. Faqat Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va biz tan olgan vaksinalargina Ukrainaga kiriş imkoniyatini beradi", - dedi Melnik.

Uning sözlariga köra, agar xorij fuqarosi "Sputnik" bilan emlangan bölsa va manfiy PZR testga ega bölmasa, Ukrainaga kiritilmaydi. Ukraina fuqarolari esa izolyatsiyaga jönatiladi.

Melnikning qayd etişiça, agar bunday yölovçilar transfer orqali boşqa mamlakatlarga uçayotgan bölsa, ular pasport nazoratidan ötmaydi va avtomatik ravişda transfer hududiga kötariladi hamda Ukrainadan uçib ketadi.

Ukraina soğliqni saqlaş vazirligining bildirişiça, "Sputnik V" vaksinasi bilan töliq emlanganlik mamlakatga kiriş uçun asos böla olmaydi.