Italiyaning Koldiretti fermerlar uyuşmasining yakşanba kungi e'loniga köra, mamlakat janubidagi Fodja kommunasi qişloq joylarida yaşayotganlar hamda işlayotganlarga e'tiborni kuçaytiriş va ularning COVID-19’ga qarşi emlaş jarayoni tezlaştirilişi xabar qilindi. Ma'lum bölişiça, fermer xöjaliklarning özlari mazkur taşabbus bilan çiqişgan.

“Ular orasida Fodja uçun zarur bölgan işçi kuçining deyarli uçdan bir qismini taşkil etuvçi, Yevropa Ittifoqiga a'zo bölmagan mamlakat fuqarolar ham bor”, deydi Pugliyadagi uyuşmaning mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Savino Muraliya.

Assotsiatsiyaning qayd etişiça, mazkur kampaniyada hududdagi 30ga yaqin fermer xöjaliklari iştirok etib, COVID-19’ga qarşi qariyb 300 doza vaksina taqdim etiladi. Şundan 220 dozasi Yevropa Ittifoqiga a'zo bölmagan fuqarolari uçun ajratilgan

Şuningdek, Savino Muraliyaning yakşanba kungi bayonotiga köra, Fodja kommunasidagi Kasa Sansara aholisi ham emlanişi rejalaştirilgan.

Koldiretti taşkiloti bayonotiga köra, soğliqni saqlaş sohasida yuz bergan bunday favqulodda vaziyatda emlaş kampaniyasi aholining barça qatlamlarini öz içiga olişi va uni imkon qadar tezlaştirişi lozim, deyiladi. Şuningdek, tadbirlar ötkaziş uçun ikkita emlaş markazi va kuzatuv maydoni, bundan taşqari kutib oliş va transport uçun maxsus yönaliş taşkil etilgan. Şu bilan birga, Pfizer vaksinasi ajratilişi uçun Fodja kommunasidagi fermer xöjaliklari tomonidan tuzilgan röyxatlar taqdim etilgan.

Bayonot davomida Italiyada işlab çiqarilayotgan “Made in Italy” brendi ostida tayyorlanuvçi oziq-ovqat mahsulotlarining çorak qismidan köproği xorijiy işçilar tomonidan yetiştirilişi ta'kidlandi. E'tiborga molik tomoni, Italiya qişloq xöjaligi sohasida, zaruriy iş kunlari umumiy sonining 29 foizini taşkil etuvçi, 155 mamlakatdan taşrif buyurgan 368 mingdan ortiq işçilar doimiy iş bilan ta'minlangan.

“Şuningdek, uşbu fuqarolarning aksariyati Italiya qişloq xöjaliklarida uzoq vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelişmoqda hamda ularda yetarliça professionallik, könikmalar hamda tajriba şakllangan” - deyiladi bayonotda.