Avstraliyalik va yevropalik tadqiqotçilar qoronğida ravşan körişga imkon beruvçi inqilobiy texnologiyani işlab çiqişdi. Gap oddiy közoynaklar oynasini qoplaş mumkin bölgan öta yupqa plyonka haqida bormoqda, deb ma'lum qilingan Advanced Photonics naşrida.

Material nanometr ölçamdagi kristallar negizida yaratilgan. U inson közi ilğamaydigan infraqizil nurni u köra oladigan tasvirga aylantiradi.

 «Biz körinmasni körinadigan qildik. Odam soçidan yuz marta ingiçkaroq nanokristallardan iborat plyonkani közoynakka tuşiriş mumkin. U qoronğida körişga imkon beruvçi filtr kabi işlaydi», deb aytilgan xabarda.

 Yangi texnologiya mualliflari uning nafaqat foydalanişda qulayligi, balki arzonligi sababli ommaviy tarzda qöllanişi mumkinligini ta'kidlaşmoqda. 

Plyonka xona haroratida tayyorlanadi. Tadqiqotçilar plyonkani yaqin orada bozorga çiqarişni rejalaştirişmoqda.