Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uçuvçilarnikiga öxşaş közoynakda Davosdagi yillik Jahon iqtisodiy forumida nutq sözlaganidan keyin iVision Tech işlab çiqaruvçisi aksiyalari qiymati bir kunda deyarli 28 foizga kötarildi.

Fransiyaning Henri Julien elita közoynaklar brendiga egalik qiluvçi kompaniya Makron Pacific S.01 modelini taqqanini, uning narxi 659 yevro (taxminan 9,3 mln söm) ekanini ma’lum qildi. Boş direktor Stefano Folçerning tuşuntirişiça, bu «şubhasiz, aksiyalarga katta ta’sir körsatgan».

Aksiyalarning ösişi Italiya kompaniyasining bozor kapitalizatsiyasiga taxminan 4,1 million dollar qöşdi.

Makronning közoynakdagi tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarni töldirdi, hamma joyda 1986 yilda Tom Kruz iştirokidagi «Top Gan» filmi eslandi. Hatto AQŞ prezidenti Donald Tramp ham bu borada fikr bildirdi.

Yelisey saroyining tuşuntirişiça, Makronning quyoşdan himoyalovçi közoynakni taqişiga köz qon tomirlari yorilişidan himoya qiliş zarurati sabab bölgan.