«Paxtakor» hujumçisi Eren Derdiyöqning yillik maoşi miqdori 1,3 million yevroni (1,3 mlrd söm) taşkil etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati e'lon qilgan rasmiy ma'lumotda keltirilgan.
Derdiyöq «Paxtakor»ning eng yuqori maoş oluvçi futbolçisi hisoblanadi, jamoada bu borada ikkinçi örinda serbiyalik hujumçi Dragan Çeran - uning yillik maoşi 350 ming dollarni taşkil etadi.
Şveytsariyalik uşbu 33 yoşli forvard «Paxtakor» klubiga 2020 yil yanvarida 350 ming yevro evaziga Turkiyaning «Göztepe» klubidan transfer qilingandi.
Derdiyöq ötgan vaqt mobaynida toşkentliklar jamoasi uçun jami 29 öyinda 12 gol urgan (Superliganing ötgan mavsumida 22 öyinida 9, joriy mavsumida 3 gol).
OÇLda natijalarni yaxşilaş uçun transfer qilingan uşbu futbolçi bilan jamoa guruh bosqiçida qolib ketgan, faqat içki çempionatda ğolib bölgandi.
Derdiyöq professional faoliyatini 2008 yilda Şveytsariyaning «Bazel» klubida boşlagan, 2009-2012 va 2013-2014 yillarda Germaniyaning «Bayyer» klubida töp surgan, 2012-2013 yillarda Bundesliganing boşqa bir vakili «Hoffenhaym» a'zosi bölgan. U 2014 yilda Turkiyaga kelib, 2014-2016 yillarda «Qosimpoşo», 2016-2019 yillarda «Galatasaroy» klublari şarafini himoya qilgan, joriy mavsum avvalida «Göztepe»ga kelgan va Turkiya Superligasining 5ta uçraşuvida iştirok etgandi.












