«Paxtakor» klubi matbuot xizmati klub futbolçilari, murabbiylar ştabi va rahbariyatining maoşlari va daromadlari böyiça ma'lumotlarni oçiqladi.
Ma'lum bölişiça, klubning eng yuqori maoş oluvçi futbolçilari legionerlar - şveysariyalik Eren Derdiyöq (yillik maoş 1,3 mln yevro) hamda serbiyalik Dragan Çeran (350 ming dollar) hisoblanadi.
Asosiy tarkibdagi mahalliy futbolçilarga esa bir xilda - yiliga 153 million 120 ming sömlik maoş tayinlangan. Şu bilan birgalikda, futbolçilarga öyinlardagi iştiroki va körsatgan natijalariga qarab alohida mukofot pullari belgilangan va bu miqdorlar yillik maoşlardan bir neça baravar (ayrim holatlarda bir neça ön baravar) yuqori körsatilgan. Masalan, jamoa himoyaçisi Yegor Krimetsga 4 milliard sömdan ortiq mukofot puli çiqarilgan. Şuningdek, Anzur Ismoilov (1,7 mlrd), Aziz Turğunboyev (1,4 mlrd), Sardor Sobirxöjayev (1,4 mlrd), Farrux Sayfiyev (1,1 mlrd), Şerzod A'zamov (1,1 mlrd), Eldor Suyunov (1,1 mlrd), Abror Ismoilov (1 mlrd) miqdorida mukofot puli oladi.
Derdiyöq va Çeranda mukofot pullari yöq.
«Paxtakor» klubi boş direktori D.Adismanning yillik daromadi 588 mln sömni (oyiga 49 mln söm) taşkil etgan.
Boş murabbiy Piter Hyustra esa yiliga 350 ming yevro maoş olişi belgilangan.


«Toşkent şahar hokimi - «Paxtakor» futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxöjayev bundan buyon klubdagi maoşlar va boşqa hisobotlar şaffof tarzda berib borilişi haqida ta'kidlagandi. Uşbu bayonotga mos tarzda «Paxtakor» asosiy tarkibidagi futbolçilar, asosiy jamoa murabbiylar ştabi va klub rahbariyatining yillik maoş va daromadlari aks ettirilgan ma'lumotni taqdim etamiz.
Körsatilgan tölovlarning aksariyat qismi homiylar tomonidan ajratilgan mablağlar hisobidan qoplanadi», deyiladi xabarda.
Qayd etiş kerakki, «Paxtakor» öz futbolçilarining maoşlari miqdorini ommaga ma'lum qilgan ilk özbek futbol klubi böldi.

17 iyun kuni Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev jamoa a'zolari va murabbiylari bilan klubning Qibrayda joylaşgan maşğulotlar bazasida uçraşuv ötkazgan, unda klub va jamoa oldida turgan muammolar, ularning yeçimlari, «Paxtakor» kelajak faoliyati muhokama etilgandi.
Klub oldida turgan moliyaviy majburiyatlar şu kunlarda ijobiy hal etilgani, homiylar tomonidan ajratilgan 22 milliard söm pul mablağlari hisobidan şu kungaça yiğilib qolgan futbolçilar, murabbiylar va klub xodimlarining maoşlaridan bölgan qarzdorliklar bartaraf etilgani xabar qilingandi.












