Surxondaryo viloyati Angor tumanida «Damas» haydovçisi uxlab qolib, maşina yöl çetidagi daraxtga borib urilgan. Oqibatda «Damas»da yölovçi sifatida ketayotgan haydovçining yaqini vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 15 iyun kuni davlat ahamiyatidagi 4R-102 avtomobil yölining Angor tumani hududidan ötgan 16-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi röy bergan.
«Damas» maşinasi haydovçisi oila a'zolari va yaqinlari bilan ketayotganda çarçoq tufayli uxlab qolib, boşqaruvni yöqotgan va yöl çetidagi daraxtga urilgan. Oqibatda «Damas»da yölovçi sifatida ketayotgan haydovçining yaqini vafot etgan. Yana ikki qarindoşi tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan.
Aniqlanişiça, haydovçi öz haydovçilik guvohnomasini 1 yil avval olgan va hali yetarli tajribasi bölmagan. Hozirda mazkur YTH yuzasidan Angor tumani IIB YHXB tomonidan suriştiruv davom ettirilmoqda.
Surxondaryoda «Nexia» urib yuborgan piyoda vafot etdi
Surxondaryoda bir yilda 15 marta qoidalarni buzgan haydovçi odam ölimiga sabab bölgan YTH sodir etdi












