Qayd etilişiça, uçraşuvda idoralar örtasidagi jamoat xavfsizligini ta'minlaş, terrorizm, ekstremizm, kiber jinoyatlar, odam savdosi va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşda hamkorlik qiliş, doimiy maslahatlaşuvlarni yölga qöyiş orqali özaro tajriba almaşiş, kadrlar tayyorlaş va qayta tayyorlaş hamda ularning malakasini oşiriş sohasida hamkorlik aloqalarini faollaştiriş böyiça kelgusidagi vazifalar rejalaştirib olingan.
Şu kuni Koreya Respublikasi Koreya Milliy politsiya agentligi Özbekiston Respublikasi IIV, Milliy gvardiya örtasida ikki va köp tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimi ötkazilgan.

Tadbirda quyidagilar imzolandi:
- Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi bilan Koreya Respublikasi Koreya milliy politsiya agentligi örtasida hamkorlik töğrisidagi kelişuv;
- Özbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi va Koreya Respublikasi Koreya milliy politsiya agentligi örtasida özaro anglaşuv memorandumi;
- Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasi bilan Koreya Respublikasi Koreya milliy politsiya universiteti örtasidagi anglaşuv memorandumi;
- Özbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Koreya Respublikasi Koreya milliy politsiya universiteti örtasida özaro anglaşuv memorandumi;
- Özbekiston Respublikasi IIV va Milliy Gvardiyasi bilan Koreya Respublikasi Koreya Milliy politsiya agentligi örtasida amaliy hamkorlik böyiça tadbirlar rejasi (“Yöl xaritasi”).


IIV axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi boş komissari Kim Çang Yong boşçiligidagi delegatsiya Samarqandga taşrif buyurgan. Mehmonlar içki işlar vaziri Pölat Bobojonov hamrohligida viloyat IIB faoliyati bilan tanişişgan.
Taşrif davomida bugungi kunda Özbekistonda, xususan, Samarqand viloyatida jinoyat va huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilayotgan işlar, çora-tadbirlar borasida tajriba almaşuvi jarayoni bölib ötgan.

Şuningdek, mehmonlar «Xavfsiz şahar» va «Xavfsiz turizm» konsepsiyalari doirasida viloyat IIBda barpo etilgan zamonaviy «Situatsion markaz», «102» tezkor tizimi imkoniyatlaridan foydalangan holda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar, xodimlar uçun yaratilgan şaroitlar bilan taniştirilgan.
Şuningdek, taşrif jarayonida koreyalik mehmonlarga Samarqandning turistik obektlarida xavfsizlikni ta'minlaş amaliyoti namoyiş qilingan.












