Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiyni Eron Islom Respublikasi prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Özbekiston prezidentining matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar qildi.
«Davlatimiz rahbari mamlakatlarimiz örtasidagi köp qirrali hamkorlik döst Özbekiston va Eron xalqlarining manfaatlari yölida yanada rivojlanişiga işonç bildirdi», deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 18 iyun kuni Eronda prezident saylovlarida ovoz beriş jarayoni bölib ötdi.
Saylovlarda mamlakatda qabul qilinuvçi qarorlarning maqsadga muvofiqligi böyiça kengaş kotibi Muhsin Rizoiy, oliy sud raisi Ibrohim Raisiy, parlament raisi örinbosari Amir Husayn Qozizoda Hoşimiy va markaziy bankning sobiq rahbari Abdulnasr Himmatiy iştirok etdi. Ibrohim Raisiy 17,6 milliondan ortiq ovoz töplagan holda ğolib böldi.
Eron prezidenti 4 yillik muddatga saylanadi. Saylovlarda ğalaba qozoniş uçun 50 foizdan köproq ovoz töplaş lozim. Agar nomzodlardan birortasi bunday natijaga erişa olmasa, unda saylovlarning ikkinçi bosqiçi bölib ötadi.












