Ibrohim Raisiy Eronda bölib ötgan prezidentlik saylovlarida ğalaba qozondi. Bu haqda mamlakatning saylovlar ötkaziş böyiça ştabi xabar berdi.

Qayd etilişiça, mamlakat Oliy sud raisi Ibrohim Raisiy 17,6 milliondan ortiq ovoz töplagan holda ğolib bölgan. Jami 28,6 million kişi ovoz beriş jarayonida iştirok etgani aytiladi.

18 iyun Eronda prezident saylovlarida ovoz beriş jarayoni bölib ötdi. Mamlakat rahbari lavozimi uçun 4 nomzod kuraş olib bordi. Amaldagi prezident Hasan Ruhoniy öz lavozimini ketma-ket ikki muddat egallagani sababli joriy saylovlarda iştirok etmadi.

52 mlndan köproq eronlik butun mamlakat böylab faoliyat yuritgan 66,8 mingga yaqin hamda dunyoning 133ta davlatida oçilgan 234ta saylov uçastkasida ovoz berişi mumkin böldi. 

Prezident lavozimi uçun 4 nomzod kuraş olib bordi. Dastlab nomzodlar soni köproqni taşkil qilgan, biroq oxirgi haftada ulardan köpi saylovlarda iştirok etmaslikka qaror qilgan.

Saylovlarda mamlakatda qabul qilinuvçi qarorlarning maqsadga muvofiqligi böyiça kengaş kotibi Muhsin Rizoiy, Oliy sud raisi Ibrohim Raisiy, parlament raisi örinbosari Amir Husayn Qozizoda Hoşimiy va markaziy bankning sobiq rahbari Abdulnasr Himmatiy iştirok etdi.

Eron prezidenti 4 yillik muddatga saylanadi. Saylovlarda ğalaba qozoniş uçun 50 foizdan köproq ovoz töplaş lozim. Agar nomzodlardan birortasi bunday natijaga erişa olmasa, unda saylovlarning ikkinçi bosqiçi bölib ötadi.