Eronda prezidentlik saylovlari kutilganidek ultrakonservator Ibrohim Raisiyning ğalabasi bilan yakunlandi. Ovoz beriş jarayoni yakunlari oldindan ma'lum edi - nomzodlar birin-ketin poygadan çiqişi va saylovçilarning saylovni boykot qilişi saylovni maynabozçilikka aylantirdi. Saylov uçastkalariga saylovçilarning yarmi ham kelmadi; bu butun Eron tarixidagi eng past körsatkiç böldi. Ekspertlar bu saylov mamlakatning taşqi va içki siyosatida deyarli heç narsani özgartirmasligini aytişmoqda. Yangi prezident ança vaqtdan buyon mamlakatning haqiqiy rahbari - diniy yetakçi oyatulloh Xominaiyning vorisi sifatida ma'lum.

Juma kuni Eronda bölib ötgan prezidentlik saylovlarida eng kuçli nomzod sifatida körilgan va sud tizimining rahbari bölgan Ibrohim Raisiy 17,6 milliondan ortiq ovoz töplagan holda ğolib böldi.

Mamlakat rahbari lavozimi uçun 4 nomzod kuraş olib bordi. Amaldagi prezident Hasan Ruhoniy öz lavozimini ketma-ket ikki muddat egallagani bois joriy saylovlarda iştirok etmadi. Eronliklar butun mamlakat böylab faoliyat yuritgan 66,8 mingga yaqin hamda dunyoning 133ta davlatida oçilgan 234ta saylov uçastkasida ovoz berişi mumkin böldi. 

Eronning 13-prezidentini aniqlaş uçun saylov qutilari juma kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 7:00da oçildi va ovoz beriş jarayoni yarim tungaça davom etdi. Eronda agar birinçi davra saylovlarida nomzodlarning heç biri mutlaq köpçilikka ega bölmagan taqdirda bir haftadan söng eng köp ovoz olgan ikki nomzod örtasida saylovlarning ikkinçi va sönggi bosqiçi ötkazilişi rejalaştirilgan edi. Prezident lavozimi uçun 4 nomzod kuraş olib bordi. Dastlab nomzodlar soni köproqni taşkil qilgan, biroq oxirgi haftada ulardan köpi saylovlarda iştirok etmaslikka qaror qilgan.

Saylovlarda mamlakatda qabul qilinuvçi qarorlarning maqsadga muvofiqligi böyiça kengaş kotibi Muhsin Rizoiy, Oliy sud raisi Ibrohim Raisiy, parlament raisi örinbosari Amir Husayn Qozizoda Hoşimiy va markaziy bankning sobiq rahbari Abdulnasr Himmatiy iştirok etdi.

Saylov qanday keçdi?

«Albatta yöq». «Bunda ma'no yöq». «Nima uçun?». Eronliklarning köp qismi navbatdagi prezidentni saylaş uçun boriş-bormasligi haqidagi savolga şunday javob qaytargan. Eron Konstitutsiya muhofazasi kengaşi tomonidan barça islohotçi va mö'tadil siyosatçilar nomzodlar safidan saralab çiqarilgaç, barçasi ma'lum bölgandi: raqobat darajasi nolga tuşirildi, faqat bir tanlov qoldi.

Saylov jarayoni böyiça köpçilik eronliklarning qaraşlari ijtimoiy tarmoqlarda joylangan videoda aks etdi: unda bir neça yengil atletikaçilar startga tayyorlanayotgani, oyatullohga yaqin bölgan nomzod, Eron Oliy sudi raisi Ibrohim Raisiy esa oldinga taşlanib, keyin öz qölidagi töpponça orqali öz start uçun öq uzişi, keyin raqiblarini, jumladan, muddati yakunlanib ketayotgan prezident Hasan Ruhoniyni şu töpponça bilan otib taşlayotgani aks etgan.

Boşqa bir memda esa saylovoldi poygasidagi barça yetti nomzodning barçasi Raisiy kabi körinişda tasvirlangan. Eronliklar şu mavzuda memlar yasaşda poygalaşişdi, ironiyali videolar va postlar joylaştirişdi va «soxta saylov»da iştirok etişni istamasliklarini izhor qilişdi.

Ma'qul nomzod tayinlanişi

«Men buni saylov deb öylamayman. Bu oliy rahnamo uçun kerakli nomzodning tayinlanişidir, ya'ni uni saylaşmayapti. Eronda u [Raisiy] «1988 yil jallodi» sifatida ma'lum. Xominaiy ataylab namoyişlarni bostirişga qodir odamni tanladi», dedi 18 iyun kungi saylovlardan oldin eronlik faol Sepideh.

U navbatdagi namoyişlar boşlanişiga şubha qilmayapti. «Vaziyat tahlikali va istalgan vaqtda portlaşi mumkin», deydi u.

Sepideh xorijdagi muxolifat va uning yetakçisi, quvğindagi Eron qarşilik harakati Milliy kengaşi rahbari Maryam Rajaviyni qöllaydi.

Ötgan yil fevralidagi parlament saylovlari ham hozirgi prezidentlik saylovlari kabi keçgandi. Öşanda ham önlab islohotçi nomzodlar siyosiy jarayondan taşqarida qolgandi.

Saylovoldi poygasi davomida byulletenda faqat yetti nom qoldi - beş nafar konservativ va ikki nafar nisbatan mö'tadil nomzodlar, lekin ular xalq tanimaydigan siyosatçilar edi.

Ovoz beriş jarayoni boşlanişiga ikki kun qolganida esa faqat tört nomzod kuraşadigan böldi - uç nomzod öz ixtiyoriga köra kuraşdan çiqdi. Şanba kuni, saylovning rasmiy natijalari e'lon qilinişidan oldinroq qolgan uç nomzod Raisiyni ğalaba bilan tabriklay boşladi.

May oyi oxirida Konstitutsiya muhofizlari kengaşi parlamentning sobiq spikeri Ali Larijoniyni - oyatullohning yaqin odamlaridan bölgan, ammo an'anaviy ravişda islohotçilar uçun ovoz berib kelgan saylovçilarning ovozlariga egalik qilişi mumkin bölgan siyosatçini saylovga qöyişmadi.

Hokimiyatdagilarga sodiq bölsa ham Larijoniyning saylovga qöyilmasligi ekspertlarni Eron hukumati bu safar yuqori davomat haqida qayğurmayotgani (odatda rejimning qonuniyligi va xalq tomonidan qöllab-quvvatlanayotgani şu bilan körsatilardi), şunçaki syurprizlar istaşmayotgani haqida gapirişga undamoqda.

«Erondagi saylovlarni heç qaçon mutlaqo şaffof va erkin deb atab bölmagan bölsa-da, baribir ular hamişa xalqning qöllab-quvvatlaş darajasi va jamoatçilikning siyosiy hayotdagi iştirokini baholaşga xizmat qilardi», deydi Chatham House eksperti, Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikani tadqiq qiliş dasturi direktori örinbosari Sanam Vakil.

Jons Hopkins universiteti professori, Yaqin Şarq böyiça ekspert Vali Nasr bu safar asosiysi oyatulloh tomonidan şaxsan tanlangan nomzod prezident bölişi kafolatlanişi böldi.

«Davomat past bölgani konservatorlar uçun ayni muddao böldi. Muhimi ular maqsadiga erişdi, saylovda qança odam qatnaşgani esa ahamiyatsiz. Bu tizimning legitimligini jiddiy şubha ostida qoldiradi, ammo Eron hukumati bunga tayyor», deydi u.

Ijtimoiy tarmoqlarda özini Maxta deb atagan eronlik qiz hukumatga bölgan işonçi sönggi bir neça yil içida, 2019 yilgi namoyişlar beşafqatlik bilan bostirilgani, Eron maxsus xizmatlari tomonidan ukrainlar samolyoti urib tuşirilganiga rasmiylar bildirgan reaksiya, şuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarşi harakatsizlik tufayli butunlay söngani haqida yozadi.

«Men avvallari saylovlarga borardim, ammo endi emas. Mening ovozim baribir heç narsani özgartirmaydi», deydi Maxta.

«Odamlar şunçaki saylovlar ularning kundalik hayotini yaxşilaşiga yoki mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy inqirozni bartaraf etişiga, korrupsiyaga, tengsizlikka va izolyatsiyaga çek qöyişiga işonişmaydi», deya uning fikrlariga qöşiladi eronlik faollardan yana biri Ali Afşariy.

Nomzodlardan heç biri, şu jumladan Raisiy saylovçilarning muammolari qanday hal etilişi közda tutilgan qandaydir siyosiy dastur taqdim eta olmadi.

Bunday muammolar esa juda köp. Amerikaning avvalgi prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan sanksiyalar va olib borilgan siyosat tufayli iqtisodiyot yanada çökmoqda, rial yanada qadrsizlanmoqda, inflatsiya yanada tezlaşmoqda; Eronning AQŞ va yana beş derjava bilan tuzilgan yadroviy kelişuv ham qimmatga tuşmoqda.

«Odamlar demokratiya va erkinlik haqida gaplaşişmaydi, ularga yogurt narxi qançaligi va non yana qançaga qimmatlagani qiziq. Ular siyosat haqida umuman qayğurmaydi deb bölmaydi, ammo hozir ularning fikri xayoli qorin ğami bilan band. Odamlarni muammolarga kömib taşlaşgan», deydi The New York Times naşrining tehronlik sobiq muxbiri, Vaşingtondagi Middle East Institute vakili Nazila Fathi.

Sörovlar va ekspertlarning kuzatuvlari buni tasdiqlaydi: eronliklarning hafsalasi pir bölgani va işonçsizligi saylovdagi raqamlarda aks etdi. Ötgan safargi saylovlarga ovoz beriş huquqiga ega bölganlarning 70 foizi kelgan bölsa, bu safargi davomat rekord darajada past böldi, ayrim manbalarga köra bu körsatkiç 40 foizdan ham oşmagan, ayrimlariga köra esa 30 foiz atrofida bölgan.

Saylovlar ta'sir körsatmaydigan yana bir masala, Eronning Yaqin Şarqdagi siyosatidir, amerikaliklarning sanksiyalari eronliklarning bu mintaqadagi pozitsiyalarini zaiflaştirolmadi, aksinça kuçli öyinçiga aylantirdi, Eron mintaqadagi voqealarga katta ta'sir körsatmoqda - Suriyadan Isroilgaça.

Ibrohim Raisiy kim?

Eronning yangi prezidenti - konservativ qaraşlarga ega diniy ulamo va said - şialarda ajdodlari Muhammad s.a.v bilan boğliq bölgan şaxslar şunday ataladi.

Qolaversa, u oyatulloh Xominaiy bilan bir joydan - ularning ikkisi ham şialarning muqaddas şaharlaridan biri Maşhadda tuğilgan.

Özining Ğarbga qarşi keskin qaraşlari bilan ma'lum bölgan Raisiy Xominaiyning eng yaqin kişilaridan sanaladi.

Oyatulloh 82 yoşda va köplar aynan Raisiyni uning örinbosari sifatida körişadi.

U 20 yoş kiçikroq. Raisiy Erondagi yana bir muhim markazlardan bölgan Qumda Eronning yetakçi diniy ulamolaridan ta'lim oladi. U televideniyeda bölib ötgan munozaralarda huquqşunoslik böyiça doktor ekanligini ham ta'kidlab ötgandi. 

Raisiy Eron köplab ijtimoiy va iqtisodiy özgarişlarni boşdan keçirgan yillarda ulğayadi va inqilobda faol rol öynaydi. 

1979 yildagi inqilobdan keyin turli mintaqalarda prokuror bölib işlagaç, 1985 yilda prokuror örinbosari sifatida poytaxt Tehronga yuborilgan. Eron Islom inqilobi rahbariyati qaraşlari doirasida mamlakat boşqarilişi uçun rejimga sodiq holda köp yillar davomida xizmat qiladi.

U 1988 yilda, Iroq bilan sakkiz yillik uruşdan keyin minglab mahbuslar uçun qatl hukmini çiqargan «ölim komissiyasi»dagi tört sudyadan biri bölgan. Bu törtlik rejimga qarşi çiqqan minglab kişilarni ham qatlga hukm etgan. Amnesty International ma'lumotiga köra, raqamlar 4 mingga yaqin, osib öldirilganlar orasida köplab ayollar ham bölgan. Eron hukumatining rasmiy pozitsiyasiga köra, öldirilganlar «terrorçilar» va «ikkiyuzlamaçilar» bölgan.

1989 yil yozida Islom inqilobi rahbari oyatulloh Ruhilloh Humayniy vafot etgaç, Xominaiy Eronning oliy diniy rahbariga aylanadi, şundan keyin Raisiyning huquq tizimidagi faoliyatida keskin kötarilişlar kuzatiladi. 

Raisiy 1990-1995 yillarda boş prokuror etib tayinlanadi. 

2016 yilda esa u milliardlab dollarlarni boşqariş uçun mas'ul bölgan mamlakatdagi eng katta xayriya taşkilotining rahbari etib tayinlanadi. 2019 yilda Oliy sud rahbariga aylanadi. 

2017 yilda ham u prezidentlik saylovlarida iştirok etgan, ammo islohotçilar lageriga nisbatan yaqin bölgan Hasan Ruhoniyga yutqazgan, lekin öşanda ham uni 38 foiz saylovçi qöllagandi.

Öşanda Hasan Ruhoniy Raisiyning mehnat faoliyatini quyidagiça sözlarda ifodalagandi: «U 38 yil mobaynida odamlarni qatl qildi va panjara ortiga jönatdi».

Ikki yil muqaddam AQŞ Raisiyni sanksiyalar röyxatiga qöşgandi. Uning özi inson huquqlari himoyaçilarining ayblovlariga izoh bermay keladi.

Raisiy iyun oyida qatnaşgan televizion dasturda iqtisodiy inqirozga diqqatini qaratib, korrupsiyaga qarşi kuraşişga va'da berdi.

«Inflatsiya xalqning eng muhim muammolaridan biri, ayrim davlat amaldorlarining insofsizligi ham yana bir katta muammo», dedi Raisiy.

Saylov natijalari yadroviy dastur böyiça muzokaralarga qanday ta'sir körsatadi?
Eron uçun Amerika sanksiyalari bekor qilinişiga erişiş hayot-mamot masalasi, bu esa Eron yadro kelişuvi böyiça muzokaralar tiklanib, unda yon berilişi haqida öylaşga imkon beradi. Eron neft eksporti tiklanişiga muhtoj va bu orqali budjetlarni imkon qadar bekitiş mumkin.

Mamlakat taşqi siyosatini oliy rahnamo belgilaydi, prezident şunçaki uning ğoyalarini amalga oşiradi. Bu safar oyatulloh ham, Ibrohim Raisiy ham AQŞ bilan muzokaralar tiklanişi tarafdori bölib çiqmoqda.

Hasan Ruhoniyning ma'muriyati avgust oyiga qadar hokimiyatda böladi, bu esa ketayotgan prezidentda kelişuv uçun muhlat borligini anglatadi.

«Katta ehtimol bilan hukmron elita kelişuv Ruhoniy davridayoq bölişini istaydi. Bu holatda barça muvaffaqiyatsizliklar va yuzaga keladigan kamçiliklar uçun aybni unga yuklaş mumkin, barça iqtisodiy dividendlarni (iqtisodiy sanksiyalar yeçilişining ijobiy natijalarini) Raisiy nomiga yoziladi», deydi International Crisis Group markazining Eron böyiça dasturiy direktori Ali Voiz.

Boşqa variantga köra, muzokaralarni şu yilning sentyabridan oldinroq boşlaşning imkoni yöq.

Ekspertlar aminki, Eronning yangi rahbariyatining ultrakonservativ kayfiyat va Ğarbga qarşi ritorikasi kelişuvga erişilişiga xalal bermaydi, ammo bu kelişuv qançalik keng qamrovli, uzoq muddatli va samarali bölişiga heç kim kafolat bera olmaydi.

«Ularga içkaridan qöllab-quvvatlov kerak, buning uçun esa taşqi siyosatdagi pozitsiyalarni susaytiriş talab etiladi. Mamlakat içkarisida raqiblar yöqligi tufayli, qattiqqöl siyosat yuritiş tarafdori bölgan yangi rahbarlar uçun berilgan va'dalarni amalga oşiriş osonroq böladi», deya xulosa qiladi Voiz.