Manuçehr Moradi 5 iyun kuni Toşkent mezbonligida ötgan ŞHTning 19-yiğilişida qatnaşiş uçun Özbekistonga kelgan. Tadbirning asosiy qismidan söng u Kun.uz jurnalisti bilan suhbatlaşar ekan, ba’zi masalalar yuzasidan qaraşlarini ma’lum qildi. Xususan, prezident Raisiyning vafoti Islom Respublikasining siyosatini qay darajada özgartirişiga töxtalar ekan, uning fikriça, taşqi siyosatda jiddiy özgariş kutilmayapti. Davlatlar bilan aloqalar va muloqot boriça qoladi. Elçi maqomiga ega Moradining ta’kidlaşiça, mahrum prezident Raisiy davrida Tehron rasmiy Toşkent bilan siyosiy yaqinlikka erişgan edi.

Bundan taşqari, Manuçehr Moradi Eronning Çobahor portini boşqariş böyiça Hindiston bilan kelişuviga ham töxtaldi. Şu kunlarda media xalqaro mega port darajasiga çiqa oliş potensialiga ega Çobahorning jonlanişi haqida köp yozmoqda. Moradi mavzuga munosabat bildirar ekan, obektni boşqarişda nafaqat Hindiston bilan, balki hamkorlik uçun boşqa davlatlar bilan ham muloqot davom etayotganini ma’lum qildi. Xususan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan.

 “Men aytib ötganimdek, Eron geostrategik jihatdan nihoyatda muhim davlat. Xaritaga qarasangiz, joylaşuvining özi buni isbotlaydi. Şimol-janub, ğarb-şarq koridorlari Eronni bevosita kesib ötadi va mana şu yönalişlarda Çobahor porti eng muhim nuqtalardan. Çobahor borasida biz nafaqat Hindiston bilan, balki Markaziy Osiyo davlatlari bilan ham işlayapmiz. Port böyiça hamkorlarimiz köp. Biz ança yillardan beri buni taklif qilib kelganmiz, masalan, Markaziy Osiyo davlatlari uçun ham yuk aylanmasida Eron yordam qölini çözişi mumkin, deydi islom respublikasi Taşqi işlar vazirligi vakili. Şuningdek, u Eronning ŞHTdagi örni xususida ham töxtalib, Tehron taşkilot imkoniyatlariga imkoniyat qöşişini bildirdi.

Eslatib ötamiz, 4-5 iyun kunlari Toşkent dastavval “ Markaziy Osiyo – Xitoy”, söngra ŞHTning 19-yiğilişiga mezbonlik qildi. Ikki tadbir ham davlatlarning tadqiqot institutlari, analitik markazlari, ekspert hamjamiyatlari vakillari iştirokida bölib ötdi. Bundan taşqari, tadbirlarda 40 dan ortiq xalqaro va mahalliy ekspertlar taklif qilingan. Munozara va muhokamalarda ŞHT oldidagi vazifalar, tahdidlar, xavf-xatarlar va asosiy rejalar körib çiqildi. Tadbirning asosiy qismi yopiq eşiklar ortida ötdi. Matbuotga ma’lum qilinişiça, Afğoniston, Markaziy Osiyo, koridorlar, savdo yöllarini quriş, dunyoda davom etayotgan uruş va konfliktlar muhokamaning asosiy mavzulari qatorida bölgan. Tadbirning yana bir muhim jihati şuki, unda qatnaşgan ekspertlar fikriça, dunyoning ba’zi davlatlari Afğonistonni idora qilayotgan kuç – “Tolibon”ni tan oliş ostonasida turibdi.