Eronning sobiq prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyoti halokatiga haddan taşqari yuklama va yomon ob-havo sabab bölmagan. Bu haqda Mehr agentligi Eron Qurolli Kuçlari Boş ştabining aviahalokatlarni suriştiruvini nazorat qiluvçi aloqa markaziga tayanib xabar berdi.

Aloqa markazining ta’kidlaşiça, Fars axborot agentligi tomonidan şu mazmunda tarqatilgan xabar yolğon. Markaz ommaviy axborot vositalarini mudofaa va xavfsizlik masalalari bilan boğliq ma’lumotlarni özi bilan muvofiqlaştirişga çaqirdi.

Avvalroq, Fars axborot agentligi Raisiy uçgan vertolyot bortida xavfsizlik protokollarida ruxsat etilganidan ikki kişi köproq bölganini ma’lum qilgan edi. Şu sababli, uçuvçi tumanni payqab, vertolyotni kerakli balandlikka olib çiqmoqçi bölganida, maşina yetarli quvvatga ega bölmagan va tuman tufayli köriş çeklangan şaroitda toğga qulagan.

Eron Boş ştabi vertolyot halokati sabablarini örganiş böyiça dastlabki hisobotida yölovçilar va jihozlar soni, yuk taşişning maksimal oğirligi böyiça vertolyot siğimiga boğliq qoidalar buzilişi aniqlanmaganini qayd etgan. Boş ştabning falokatni örganiş böyiça komissiyasi avariyaga olib kelişi mumkin bölgan texnik nuqsonlarni aniqlamagan. Komissiyaning ikkinçi hisobotida ob-havo şaroiti parvoz uçun qulay deb topilgani alohida ta’kidlangan.

19 may kuni Ibrohim Raisiy va Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bölgan vertolyot Şarqiy Ozarbayjon provinsiyasi şimoli-ğarbidagi toğga quladi. Vertolyot bortidagi 8 kişining barçasi halok böldi.