May oyida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyoti halokatiga noqulay ob-havo şaroiti va texnik nosozlik sabab bölgan, deb xabar berdi Fars agentligiga tayanib Arab News.
Tergov natijalariga köra tuzilgan dastlabki hisobotda aytilişiça, halokatga sabotaj yoki qandaydir hujum sabab bölgani haqida dalil topilmagan.
«Raisiyning vertolyot halokati böyiça tergov yakunlandi... bu baxtsiz hodisa ekanligi aniq», dedi Fars naşriga özini oşkor etmagan xavfsizlik xodimi.
Falokatning ikki sababi aniqlangan: noqulay ob-havo şaroiti va vertolyot yukni kötara olmagani. Oqibatda u toğga qulagan. Tergov şuni körsatganki, vertolyotda xavfsizlik protokollarida nazarda tutilganidan ikki kişi köproq bölgan.
Oliy rahbar Ali Xomanaiyning ehtimoliy vorisi va keskin siyosat tarafdori Ibrohim Raisiy Ozarbayjon bilan çegara yaqinidagi toğli hududda vertolyot halokatida olamdan köz yumgan edi.














