Murojaatlar ortidan Andijon viloyatining Paxtaobod tumaniga borib, “Mustaqillik” hamda “Navröz” mahallalaridagi muammolarni örgandik.
Mustaqillik mahallasi viloyatdagi eng katta mahallalardan bölib, unda 6,5 ming aholi istiqomat qiladi. Hududda uzoq yillardan beri hal bölmay yotgan muammolar yiğilib qolgan. Maktab, guzar, boğça yöq. Eng açinarlisi, mahalla öz qabristoniga ham ega emas.
Aholining bu muammolar yuzasidan viloyat hokimligidan tortib turli taşkilotlarga yöllayotgan murojaatlari yeçimsiz qolmoqda.



“Mustaqillik” mahalla fuqarolar yiğini 1989 yili taşkil topgan. Mazkur hududga tumanning turli mahallalaridan yoş oilalar köçib çiqqan. Bugungi kunga kelib 6200 dan oşiq aholi yaşaydi. Köplab xonadonlarda 12-14 nafargaça odam yaşaydi.
Maktab, davlat boğçasining yöqligi – köp yillik muammolardan. Bu haqda 2007 yildan beri murojaat qilib kelamiz.
Mahallaning asosiy muammosidan biri bu – qabriston. Bu masala 2003 yildan beri kötariladi. Hatto viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonovgaça murojaat qildik. Foydasi bölmadi.

Imkoni borlar bolalarini markazdagi boğçaga olib boradi. Mahallada hozir 4 ta uy boğçasi bor. Lekin 6,5 ming aholi uçun bu juda oz”, – deydi Feruza Boynazarova.
Mahallaning yoşi uluğlari Hakimjon ota Iminov va Muyassar Ahmedovalar Mustaqillik qişloğining eng katta muammolari maktab, boğça va qabriston ekani haqida gapirişdi.


“Qabriston kerak” deb hokimiyatga 12-13 marta bordim. Ular “mahalla içiga mumkin emas, aholidan 300 metr uzoqlikda bölişi kerak”, deb javob berişdi. Qayerdan bölsa ham berişmaydimi? Kimdir vafot etsa, atrofga qabriston izlab ketyapmiz. Joy topilguniça ölik yotadi”, – deydi Hakimjon ota Iminov.
Mangulik köçasi muammolari
“Navröz” mahallasining Mangulik köçasida ham bizni bir guruh fuqarolar kutib turgan ekan. Köçada bir talay muammolar töplanib qolgan. Hayron qoladigan jihat – 2018 yili köçadagi 500 metr tabiiy gaz quvuri tumangaz xodimlari tomonidan kesib olib ketilgan.
Aholi öşa kundan boşlab yonib turgan tabiiy gazdan mosuvo böldi. Ularning Prezident qabulxonasiga yozgan xatiga butunlay boşqa, 2012 yildagi Sangrabod mahallasining tabiiy gazdan uzilişiga tegişli javob olişgan.






“Köçalar holati yomon. Qişda loy va yozda çang. “Qaçon asfalt bölar ekan”, deb 30 yildan beri kutamiz. Simyoğoçlar ötgan asrda örnatilgan. Transformatorimiz juda eski, sovuq faslda har ikki kunda remontiga pul yiğamiz. Kuçlanişning pastligidan kir yuvadigan maşinalarimiz, dazmollarimiz işlamaydi, televizorlarimiz körsatmaydi.
2018 yili respublikadan vakillar oçiq muloqotga kelişganida aytdik, viloyat hokimi qabul qildi ,özim uçradim. “2019 yil dasturiga kiritilgan”, deyişdi. Mana 2021 yilning yarmi ötyapti, yangi transformatordan darak yöq.
Içimlik suvi liniyasi tinmay teşiladi. “Suvoqova” boşliğiga borsak, quloq ham solmayapti.
500 metr gaz quvurimizni 2018 yili “raygaz”dan kelib, uzib ketişgan. Şundan beri yonib turgan gazdan quruq qoldik. Prezident qabulxonasiga xat yozsak, “Hududgaz” Paxtaobod filiali bizdan uzoqda joylaşgan “Sangraobod” mahallasiga tegişli xatni javob qilib jönatişibdi”, – deydi Adhamjon Tojiboyev.
Biz mahalla muammosini örganayotgan paytimizda tuman gaz mutasaddilari yetib kelib, quvurlar masalasiga izoh berişdi. Ularning izohi tuşunarsiz edi.

“Uzib ketilgan quvur masalasida rahbariyatdan söradik. 500 metr quvurni Paxtaobod tumani xalqini öylab, markaz hududiga olib kelinayotgan tranzit liniyaga işlatgan ekanmiz. “Mangulik” köçasi tabiiy gaz ta'minoti yaxşi emasligi uçun suyultirilgan gaz ta'minotiga ötkazilgan”, – deydi “Hududgaz” tuman filiali mijozlar bölimi boşliği Bahodirjon Qosimov.
Hokimlik: “Muammolar borligini inkor etmaymiz”


Paxtaobod tumani hokimi örinbosari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği Fattohjon Qambarov ikki mahallaning muammolariga munosabatini ançagina qisqa qildi:
“Haqiqatda “Mustaqillik” mahallasida, Mangulik köçasida yuqorida aytilgan muammolar mavjud, buni inkor eta olmaymiz. Mazkur holatlarni örganib çiqyapmiz, kamçiliklarni bartaraf qilamiz”, – deyiş bilan kifoyalandi u.
Biz viloyat hokimligidan ikki mahallaning uzoq yillik muammolariga e'tibor qaratişni sörab qolamiz.
Elmurod Ermatov tayyorladi.
Tasvirçi va montajçi – Jahongir Mahmudov.











