22 iyun kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligi Hay'at yiğilişi ötkazildi. Unda Buxoro viloyatida amalga oşirilayotgan startap loyihasi muhokama qilindi.

Ma'lum qilinişiça, «Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uçun profilaktik poyabzalning samarali texnologiyasini yaratiş va konstruksiyasini işlab çiqiş» loyihasi ustida yoş olima tadqiqot olib borgan.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ilmiy tadqiqotçisi Madina Muhammedova tomonidan işlab çiqilgan uşbu loyihani 313,2 million sömga moliyalaştiriş qaror qilindi. Loyihani «Shoes and healthy feet» MÇJ korxonasi Buxoro şahri va Romitan tumani hududida işlab çiqarişni yölga qöyişni rejalaştirmoqda.

Poyabzal qandli diabet bilan oğrigan bemorlar tovonidagi deformatsiyaning kelib çiqişini oldi oladi va profilaktik poyabzalni qöllaş orqali tovondagi qorason kasalligini jadallaşuvini 45 foizga kamaytiradi.










