Parlament yuqori palatasining ön oltinçi yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun muhokama markazida böldi.
Qonunning maqsadi jinoiy daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş böyiça Yevrosiyo guruhi tomonidan Özbekiston milliy tizimini baholaşning ikkinçi bosqiçini muvaffaqiyatli ötkazişga tayyorgarlik doirasida FATF tavsiyalarini qonunçilikka implementatsiya qilişdan iborat.
Qonun bilan amaldagi 2 ta qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Birinçidan, “Bank siri töğrisida”gi qonunga özgartiş kiritiş orqali jinoiy yöl bilan olingan mol-mulkni aniqlaş, xatlaş va musodara qilişni ta'minlaş maqsadida bank sirini taşkil etuvçi ma'lumotlarni prokuror sanksiyasiga asosan prokuratura, dastlabki tergov, suriştiruv, tergovga qadar tekşiruv va tezkor-qidiruv organlariga taqdim etiş tartibi belgilanmoqda.
Qonunga özgartiş kiritiş orqali tergovga qadar tekşiruv materiallari va jinoyat işi doirasida Markaziy bankning ma'lumotlar bazasidan hisobvaraqalar haqidagi ma'lumotlarni avtomatlaştirilgan rejimda oliş tartibi közda tutilmoqda.
Şu bilan birga, prokuratura, dastlabki tergov, suriştiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organlar, şuningdek çet davlatlarning vakolatli organlari örtasida bank sirini taşkil etuvçi ma'lumotlarni almaşiş tartibi belgilanmoqda.

Ikkinçidan, “Tezkor-qidiruv faoliyati töğrisida”gi qonunga özgartiş kiritiş orqali 6 ta tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oşiruvçi organlar tomonidan prokuror sanksiyasi bilan bank sirini taşkil etuvçi ma'lumotlardan foydalaniş tartibi belgilanmoqda.
Jumladan, bank sirini taşkil etuvçi ma'lumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim etilişi belgilanmoqda:
- birinçidan, prokuratura, dastlabki tergov va suriştiruv organlariga –ularning iş yurituvidagi jinoyat işlari böyiça iş uçun ahamiyatli bölgan holatlarni aniqlaş, yetkazilgan zararni undirişni yoki mol-mulkni xatlaşni ta'minlaş maqsadida tergovçining yoxud suriştiruvçining asoslantirilgan qaroriga köra;
- ikkinçidan, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organlarga – ularning iş yurituvidagi tezkor-qidiruv işlari böyiça öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajariş maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida.

Bildirilişiça, qonunning qabul qilinişi:
- BMT konvensiyalari talablari hamda FATF tavsiyalari milliy qonunçilikka implementatsiya qilinişiga;
- Jinoiy daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş böyiça Yevrosiyo guruhi tomonidan Özbekistonning milliy tizimini baholaşning ikkinçi bosqiçi muvaffaqiyatli ötişini ta'minlaşga;
- Respublikaning investitsion jozibadorligi oşişiga hamda xalqaro reytinglardagi örni yaxşilanişiga xizmat qiladi.
Senatorlar tomonidan uşbu qonun ma'qullandi.












