Budjetdan taşqari “çöntaklar”dan to yöllardagi radarlargaça - Oçiqlik dekretiga nimalar kiritildi?
|21:24 / 26.06.202132 55711 min
16 iyun kuni imzolangan farmon bilan, davlat organlari va taşkilotlari 33 toifadagi ma'lumotlarni oçiq e'lon qilişi şartligi belgilandi.
Davlat xaridlari, avtomobillar va xizmat safarlari uçun xarajatlar, deputat va senatorlar qaror va qonunlarga qanday ovoz berganidan tortib, ov qiliş ruxsatnomasini olişgaça bölgan ma'lumotlar şular jumlasidan.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov farmondagi muhim jihatlar yuzasidan Kun.uz'ga ma'lumot berdi.
– Davlat taşkilotlarining veb-saytlariga joylaştirilişi kerak bölgan ma'lumotlardan birinçisi – davlat xaridlari bilan boğliq ma'lumotlar. Endi nafaqat davlat xaridlarini amalga oşirgandan keyin, balki xariddan 6 oy avval xarid qilinişi rejalaştiriladigan tovarlar, xizmatlarni e'lon qilib boriş talab etiladi.
Nima uçun 6 oy? Biz tahlillarimizda kördikki, davlat taşkilotlari e'lon qilgan tenderlarda soğlom raqobat buzilgan. Masalan, Özbekistonda bölmagan biror tovarga 20 kun içida olib kelib bölmasligini bilgan holda buyurtma berişdan avval taniş firma orqali öşa tovarni olib keltiriş va tenderni e'lon qiliş holatlari kuzatilgan. Bu yerda qonunçilik buzilib, korrupsion sxemalar işlagan. Şuning uçun ham belgilanyaptiki, davlat taşkilotlari xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlarni 6 oy avval e'lon qilişi kerak.
Davlat unitar korxonalarida juda ham köplab xizmat avtomobillari olingan va bu avtomobillar oilaviy yoki boşqa işlarga işlatiladi. Buni ham tartibga soliş uçun davlat uluşi bölgan korxonalar, davlat taşkilotlari tasarrufidagi avtotransportlar, ularning oylik xarajatlari, şuningdek, boşqa mulklari, ular ijaraga berilsa, şu ijara töğrisidagi ma'lumotlarni ham oçiq e'lon qilib boriş majburiyati yuklanyapti.
Bundan taşqari, yana bir korrupsiya belgilaridan biri – xorijdan mehmonlar kelganda, ularga sarflanadigan xarajatlar. Ba'zida öta noreal yoki belgilanganidan ortiqça xarajatlarni ham uçratiş mumkin. Endilikda barça davlat idoralariga bularni ham oçiqlaş majburiyati yuklanyapti. Bular, albatta, mansabdor şaxslarning jamoatçilik oldida mas'uliyatini oşirişga qaratilgan muhim qadam.
Şu paytgaça budjetdan taşqari mablağlar davlat xaridlari portali orqali amalga oşirilar edi. Endi esa bu ma'lumotlarning ham oçiqlanişi lozimligi körsatilyapti.
Şuningdek, mahalliy budjetlarning budjetdan orttirilgan qismi xarajatlarini ham oçiqlanişi belgilandi.
Mavzuga oid
Budjetdan taşqari jamğarmalarning xarajatlari va tuşumlari – umuman qilinayotgan xaridlar barçasi 2021 yil 1 iyuldan boşlab oçiqlanişi kerak. Nafaqat davlat boşqaruv idoralari, mahalliy hokimliklar, şuningdek, sud, prokuratura bölimlarining ham budjetdan taşqari xarajatlari 1 iyuldan oçiqlanişi lozim, dedi Akmal Burhonov.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov
Agentlik rahbarining aytişiça, aslida oçiqlanişi kerak deb hisoblangan ma'lumotlar loyiha işlab çiqilayotgan vaqtda ança köproq bölgan.
“Biz bu loyihani işlab çiqayotganda 300 dan ortiq oçiq e'lon qilinişi kerak bölgan ma'lumotlarni şakllantirgan edik. Bundan taşqari ham minglab ma'lumotlar bor, ular ham oçiqlanişi kerak. Ular içidan fuqarolar uçun muhim bölgan, ularning huquq va manfaatlariga töğridan töğri daxl qiladigan ijtimoiy ahamiyatga molik, eng muhimi, korrupsiya omillari bor sohalar ma'lumotlari tanlab olindi.
Şunga binoan, röyxatga 33 toifadagi ma'lumot kiritildi. Bu 33 taning har biri içiga kirilsa, tarmoqlanib kengayişini köriş mumkin. Masalan, davlat taşkilotining faoliyati bilan boğliq ma'lumotlarning içiga barça turdagi xaridlari, avtomobil sotib olayotgani, xizmat maşinalari, viloyatlarga, çet elga taşriflari xarajatlari kabi ma'lumotlarga tarmoqlanadi, bu juda katta narsa.
Yoki yana bir misol: foto va videoradarlarning har biri joylaşgan joyni e'lon qiliş, uşbu radar qaysi turdagi qoidabuzarlikni röyxatga olişini ham e'lon qilişi belgilanyapti”, – dedi Aksilkorrupsiya agentligi direktori.
Xöş, barça davlat hokimiyati va boşqaruvi, sud va prokuratura organlari hamda davlat uluşi 50 foizdan ortiq bölgan korxonalar uçun majburiy bölgan uşbu talablarning bajarilişini kim nazorat qiladi?
Oçiqlanişi kerak bölgan ma'lumotlar e'lon qilinmasa, kimdir javobgarlikka tortiladimi yoki yana uzr sörab, qutulib ketiş mumkin böladimi?
“Umuman bu borada aniq tizim yaratilyapti, ya'ni ma'lumotlarning davriyligi – qaysidir ma'lumotlar har oy, qaysilari har çorakda yangilab borilişi, şuningdek, bu tartiblarga rioya qilinmagani uçun javobgarlik ham belgilanişi körsatib ötilgan.
Farmon ijrosi böyiça vazifalar belgilangan, şunga köra ma'muriy javobgarlik kodeksiga özgartiriş kiritiş, yil yakuniga qadar davlat idoralari faoliyati oçiqlik indeksi e'lon qilinişi rejalaştirilgan. Mana şu indeksga asosan oçiqlik tamoyillarini muntazam buzib kelayotgan mansabdor şaxslar, davlat idoralari rahbarlariga nisbatan çora köriş uçun Prezident Administratsiyasi va hukumatga taqdimnomalar kiritib boramiz”, – deydi Akmal Burhonov.
Yana bir holat. Farmon bilan Oliy Majlis palatalariga öz majlislarini jonli efirga uzatiş tavsiya qilindi.
Ançadan buyon bunday amaliyotdan foydalanayotgan Senatdan farqli bu tavsiya köproq quyi palata vakillariga tegişli bölsa kerak. Çunki xalq tomonidan saylangan vakillar unça-munça qonun loyihalarini jamoatçilikka e'lon qilmasdan ötkazib yubormoqda. Saylovçilar va keng jamoatçilik esa özlari ovoz bergan deputat qaysi qonunni yoqlagani, qay biriga qarşi çiqqanidan bexabar. Buning yorqin misoli sifatida ayrim bandlari jamoatçilikning e'tiroziga sabab bölgan «Davlat tili töğrisida»gi, «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi, «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunlar, YeOIIga kuzatuvçi sifatida qöşiliş haqidagi qarorni keltiriş mumkin.
Bu boradagi savolimizga Burhonov quyidagiça javob berdi.
“Aholi tomonidan ayrim qonunlar qabul qilinganiga e'tirozlar böldi, bunda deputatlar qanday ovoz bergani ularni saylagan xalq uçun qiziq. Bizda şu paytgaça öşa qonun loyihasi böyiça qaysi deputat qanday fikr bildirgani yoki bergan ovozi oçiqlanmas edi. Hujjat bilan endilikda nafaqat parlament muhokamalari oçiq ötkaziladi, balki deputatlarning bergan ovozini ham biliş imkoniyati paydo bölyapti.
Texnik jihatdan tayyorlik hisobga olingan holda 1 dekabrdan keyin amalga oşiriladi. Bunda parlament a'zolarining fikrlari olingan holda şunday xulosaga kelingan”.
Körib turganingizdek, deputatlar majlislarini oçiqlaşga şoşilmayapti. Çunki, farmonning ularga tegişli tavsiyaviy bandi 1 dekabrdan kuçga kiradi.
Esingizda bölsa, ötgan oyda «Qizil kitob»dagi qönğir ayiq Ekologiya qömitasi raisining ruxsati bilan Toşkent viloyatida rossiyalik ovçi tomonidan otib öldirilgan, bu jamoatçilik e'tirozlariga sabab bölgandi. Ayrimlar Ekologiya qömitasi raisining iste'fosini talab qilgan, ba'zilar esa «Ekologiyani u kişining özidan asraş kerak bölyapti», degandi.
Akmal Burhonovning aytişiça, Ekologiya qömitasi raisi bilan bölgan uşbu voqea va unga jamoatçilikning reaksiyasi yangi farmonga ov qiliş, ruxsatnoma va yöllanma beriş, uning tölovlari töğrisidagi barça ma'lumotlarni doimiy ravişda oçiqlab boriş talabini kiritişga turtki bölgan.
“Dastlab loyihada ov qiliş bilan boğliq oçiqlanişi lozim bölgan ma'lumotlar bandi yöq edi. Yaqinda qönğir ayiqning öldirilişi bilan boğliq voqeadan keyin aholi orasida katta rezonans berdi. Şunga köra ijtimoiy ahamiyatga molik litsenziyalarning egalari, ruxsat beruvçi va oluvçilar töğrisidagi ma'lumotlar e'lon qilib boriluvçi röyxatga ov qiliş bilan boğliq litsenziyalarni ham kiritdik.
Lisenziyaga aloqador holatlar juda köp. Yer qa'ridan foydalanganlik uçun ruxsat oliş kerak, tekşirilganda qaysidir davlat idorasi rahbari tomonidan oğzaki “ruxsat” asosida işlab kelayotganini ham kördik. Farmon bilan şu kabi litsenziyalar haqidagi ma'lumotlarni oçiqlaş majburiyati yuklanadi. 1 iyuldan boşlab bu ham oçiqlanişi kerak”, – dedi u.
Farmonda körsatilgan qoida va tartiblarning buzilişi davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqligi töğrisidagi qonunçilik buzilişi sifatida baholanadi.
Aksilkorrupsiya agentligi oçiqlikka oid qonunçilik talablarini muntazam ravişda buzayotgan mansabdorlarni javobgarlikka tortiş böyiça Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi.
“Farmon bilan belgilangan vazifalar qatoriga “Davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining oçiqligi töğrisida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qiliş ham kiritilgan. Uning asosiy konsepsiyasi sifatida davlat idoralarining oçiqligi prezumpsiyasi joriy qilinyapti.
Bu nima degani? Qonun bilan taqiqlanmagan barça ma'lumotlar oçiq bölişi lozim. Buning ortidan "Davlat sirlarini saqlaş töğrisida" gi qonun qabul qilinişi ham belgilanyapti, unda qaysi hujjatlar oçiqlanmasligi kerakligi aniq belgilab beriladi. Qaysi hujjatlar davlat siriga boğliqligi yoki uni davlat siridan çiqariş tartibi körsatiladi. Unda belgilanmagan barça ma'lumotlar nafaqat oçiqlanişi, balki uni har qanday fuqaro oliş huquqiga ega ekani va davlat idoralari bu talabga javob bermagani uçun javobgarlik qat'iy belgilanadi”, – dedi Akmal Burhonov.
Prezident farmoni jamoatçilikda oçiq ma'lumotlardan foydalangan holda suriştiruvlar ötkaziş imkoniyatini oşiradi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov ham farmon amalda işlaşini nazorat qilişda agentlik keng jamoatçilikning yordamiga tayanişini bildirdi.
“Farmon ijrosini nazorat qiliş va muvofiqlaştirişga mas'ul organ sifatida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi belgilandi. Bundan taşqari, farmon ijrosini nazorat qilişda fuqarolar va jamoatçilikni örnini oşiriş borasida bir qator normalar bor. Ayniqsa, davlat taşkilotlari va vazirliklar qoşidagi jamoatçilik kengaşi mas'uliyatini oşiriş, kengaş a'zolari röyxatini e'lon qiliş kerak böladi.
Albatta, faqat agentlikning özi bu farmon ijrosini nazorat qilişga kuçi yetmaydi, bizga fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat taşkilotlarning yordami kerak. Şu maqsadda, agentligimiz huzurida “Jamoatçilik nazoratini rivojlantiriş jamğarmasi” taşkil qilinişi rejalaştirilmoqda. Uşbu jamğarma orqali oçiqlik ta'minlaşga yordam beradigan nodavlat taşkilotlarni rağbatlantiriş, ularga amaliy, metodik va moliyaviy yordamlar körsatiladi”, – dedi Akmal Burhonov.