Bugun, 28 aprel kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Özbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvçi sifatida kirişi masalasini körib çiqişdi.
Uşbu qaror böyiça yiğilişda iştirok etgan jami 132 nafar deputatdan 86 nafari Özbekiston YeOIIda kuzatuvçi bölişini yoqlagan, 32 nafar deputat qarşi bölgan, 14 nafari esa betaraf ovoz berişgan.
Reglamentga köra, endi Senatning navbatdagi yiğilişi bu qarorni tasdiqlaşi lozim.
Keyin Özbekiston hukumati YeOIIga ittifoqda kuzatuvçi maqomida iştirok etişni sörab ariza topşiradi. Bu sörov taxminan bir oy içida bölişi kutilmoqda.
Kun.uz’ning hukumatdagi manbasiga köra, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga taşrifi çoğida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvçi sifatida a'zolik haqida rasman e'lon qilinadi.
Oldinroq «Milliy tiklaniş» partiyasi rahbari Alişer Qodirov partiya Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvçi bölib kirişiga qarşiligini bildirgan edi. «Partiya fraksiyasi ittifoqqa azo mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni davom ettiriş kerak deb hisoblaydi», degandi u.









