Ma'lum qilinişiça, uşbu qonun dastlabki tarzda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlari a'zolari, ekspertlar, mutaxassislar iştirokida örganilgan va dastlabki tarzda körib çiqilgan.

Yuqori palata vakillari ta'kidlaşiça, qonunning maqsadi vijdon erkinligi kafolatlarini kuçaytiriş, har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qiliş yoki heç qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqini ta'minlaşning qonuniy mexanizmlarini mustahkamlaş, şuningdek, davlatning din işlari böyiça siyosatini takomillaştirişdan iborat.

Eslatib ötamiz, şu yil 4 may kuni Qonunçilik palatasi deputatlari «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonun loyihasini uçinçi öqişda körib çiqib, qabul qilgandi.

Ma'lumotlarga köra, loyiha e'lon qilinganidan buyon (2020 yil avgust oyida) aholi, xalqaro taşkilotlar va mahalliy ekspertlar tomonidan 700dan ortiq taklif kelib tuşgan. Loyiha qömita va partiyalar fraksiyalarida ham keng muhokama qilingan. Deputatlar yangi qonun loyihasida aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri – fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmasligi haqidagi çeklovni olib taşlagan.

Lekin yangi tahrirdagi qonunda ham xususiy diniy ta'limga qöyilgan çeklovlar saqlanib qolmoqda. Bu jamoatçilik faollari va diniy ulamolar tomonidan norozilikka sabab bölgan.

Deputat Rasul Kuşerbayev esa qonun muhokamasida «Milliy tiklaniş» partiyasi diniy ta'limni kengaytiriş taklifiga qarşilik bildirganini ma'lum qildi.

Şuningdek, Özbekiston rasmiylarining iltimosiga köra, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) va Yevropa kengaşining Venetsiya komissiyasi «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini örganib çiqib, qöşma xulosa bergan.