Hindiston oxirgi oylarda öz pozitsiyasini mustahkamlaş uçun Xitoy bilan çegaraga kamida 50 ming nafar harbiy joylaştirdi. Bu haqda öz manbalariga tayanib Mint gazetasi xabar berdi.
Naşr ma'lumotiga köra, Hindiston mudofaa vazirligi uçta çegaradoş hududga qöşin va harbiy-havo kuçlari bölinmalarini joylaştirgan.
Hozirgi vaqtda Xitoy bilan çegaraga 200 mingga yaqin hind harbiylari joylaştirilgan bölib, bu ötgan yildagiga nisbatan 40 foizga köpdir.
Naşr manbalarining sözlariga köra, Xitoy ham yaqinda Hindiston bilan çegaradagi bahsli hududlarga qöşimça kuçlar jönatgan. Xitoy çegaradoş hududlarda bunker va uçiş-qöniş yölaklari qurmoqda, degan naşr manbalari.
2020 yil may oyida ikki mamlakat çegarasidagi Ladakx oblastida töqnaşuvlar sodir bölgan va har ikki tomondan qurbonlar bölgandi. Hindiston va Xitoy uşbu hududga oğir artilleriya, tank va aviatsiya kuçlarini olib keldi. Ammo qator muzokaralardan söng qöşinlar çegaralardan olib ketildi.












