Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, Yaşnobod tumanidagi köp qavatli uylardan birida yonğin kelib çiqqan. Şu bois, videoda tasvirlangan holat yuz bergan - ayol kişi özini törtinçi qavatdan taşlab yuborgan.

Bildirilişiça, mazkur hodisa Yaşnobod tumani Alimkent 1-tor köçasidagi köp qavatli uylarning birida sodir bölgan. Aniqlanişiça, xonadondagi mebel jihozida (4 kvadrat metr) yonğin kelib çiqqan. 

Natijada, mehmonga kelgan fuqaro S.A. uyning orqa tomonidagi derazadan çiqqan. FVV xodimlari tomonidan avtonarvon yordamida qutqaruv işlari amalga oşirilayotgan vaqtda ayolning qöllari toliqib, törtinçi qavatdan özini taşlab yuborgan. 

Fuqaroga birinçi tibbiy yordam körsatilib, şifoxonaga yetkazildi. Jabrlangan fuqaro travmatologiya bölimiga olib borilganda, u mast holda bölgani aniqlangan. 

Hodisa oqibatida S.A.ga jiddiy jarohat yetmagan. Hozirda uning ahvoli önglanmoqda. Yaqin kunlar içida fuqaroga javob beriladi, deyiladi ma'lumotda.