Rossiyada Özbekiston fuqarolari ötirgan «Gazel» ağdarilib ketdi. 13 kişi jarohat olgan

Bugun, 30 iyun kuni taxminan soat 07:15larda «Moskva-Volgograd» federal avtomobil yölining 923-kilometrida magistralida «Gazel» transport vositasi ağdarilib ketdi.

Rossiya Içki işlar vazirligining Volgograd oblasti böyiça boş boşqarmasi matbuot xizmati xabariga köra, haydovçi boşqaruvni yöqotgan va transport vositasi zovurga tuşib ketgan.

Salonda 14 nafar yölovçi bölgan - barçasi Özbekiston fuqarolari. Yöl-transport hodisasi natijasida 13 kişi turli darajada tan jarohati olgani aytiladi.

Yöl-patrul xizmati ekipajlari voqea joyiga yetib kelgan, şuningdek, Volgograd oblasti yöl harakati xavfsizligi xizmati va viloyat Migratsiya boşqarmasi rahbariyati voqea sodir bölgan joyga jönab ketgan.

Yöl-transport hodisasi yuzasidan tekşiruv ötkaziladi, hodisaning barça holatlari aniqlanişi bildirilgan.