Italiya kompaniyasi Surxondaryoda yangi yirik sement zavodi quradi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov «Team Network» kompaniyasining xalqaro aloqalarni rivojlantiriş masalalari böyiça direktori örinbosari Sebastiano Zappala boşçiligidagi italiyalik mutaxassislar bilan uçraşgan.

Uçraşuvda Surxondaryoda 220 million yevro miqdorida töğridan töğri xorijiy investitsiya jalb etiş evaziga yiliga 1 million tonna portland navidagi sement işlab çiqariş quvvatiga ega zavod quriş loyihasi muhokama qilingan.

Qayd etilişiça, mazkur zavod qurilişi uçun Şerobod tumanidan 250 gektar yer maydoni ajratiş masalalari, şuningdek, loyiha doirasida xorijiy kompaniyaga beriladigan soliq, bojxona imtiyozlari va boşqa preferensiyalar haqida fikr almaşilgan.

Ta'kidlanişiça, yangi zavodni 2023 yilning 1-çoragida işga tuşiriş rejalaştirilgan. Zavod işga tuşgaç 500 kişini iş bilan ta'minlaş aytilgan.

Ma'lumot uçun, «Team Network» kompaniyasi sement işlab çiqariş zavodlarini loyihalaş, quriş, fuqarolik va sanoat muhandisligi, logistika, menejment hamda ixtisoslaşgan xodimlar tomonidan taqdim etiladigan texnik maslahat xizmatlarini körsatiş bilan şuğullanadi.